"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Dimitar Berbatov Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.
«Men u bilan bir mavsumni o‘tkazganim uchun baxtli edim. Krishtianu bilan mashg‘ulotlar urushga o‘xshardi. Rojdestvo bayramlarida o‘yinchilar quvnoq, ammo juda professional bo‘lishardi. Shu kunlarda ham uni ichganini ko‘rmaganman. U o‘ziga juda ehtiyotkorlik bilan g‘amxo‘rlik qildi. Biz mashg‘ulotga kelsak, u allaqachon sport zalida bo‘lardi. Keyin u qo‘shimcha ishlarni bajarish uchun mashg‘ulot maydonida qolardi, darvoza tomon zarba berardi. Krishtianu mashg‘ulotlarda gollar urdi, keyin biroz suzib, so‘ngra sport zaliga qaytardi. U eng yaxshi bo‘lishga qaror qilgandi», - dedi Ronaldu.