Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Ko‘rishingiz shart! Futbol tarixidan so‘ylovchi suratlar

Ko‘rishingiz shart! Futbol tarixidan so‘ylovchi suratlar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi tarixiy suratlar bilan tanishtirishda davom etamiz.


1981 yil. Aleksander Chivadze Tbilisidagi futbol muxlislariga «Kubok egalari Kubogi»ni namoyish etmoqda.


Roberto Badjo va Kristian Panuchchi 1996 yildagi chempionlikni nishonlamoqda

18 yoshli Zidan Fransiya terma jamoasidagi debyut o‘yinidayoq kim-aslida kim ekanligini ko‘rsatib qo‘ymoqda. Uning qo‘lidagi va bo‘ynidagi zanjirlar uni o‘z zamonidagi eng zamonaviy yigitlardan biri bo‘lganiga ishora !

Bu yigit Michu! U bir paytlar Butun Angliyani o‘z o‘yini bilan o‘ziga maftun qilgan edi. Endilikda, Ispaniyaning 4-divizionidagi jamoalardan birida to‘p surmoqda. Juda achinarli holat...

1966 yildagi Jahon chempionati. Shimoliy Koreya terma jamoasi partiya rahbaridan guruhdan chiqish vazifasini olishgan edi. Shu bois,m futbolchilar Chili bilan durang o‘ynashdi. Italiyani esa, mag‘lubiyatga uchratishdi. pley-offda Eisebiosi bor Portugaliyani 3:0 hisobida mag‘lub etishayotgan edi, biroq kutilmaganda jamoaning quvvati tugab qoldi... Yakunda Portugaliya osiyoliklar ertagiga nuqta qo‘ygan edi.

Arvidas Sabonis va «Real»ning kichkinagina futbolchilari

1986 yil. Livanlik jangarilar Meksikada o‘tgan JCHni tomosha qilishmoqda. Maydonda Marokash Portugaliyani 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratmoqda.

Ivan Elgera «Espanyol»dan «Real»ga o‘tdi va jamoa afsonasiga aylandi. Xerardo Lopes esa, «Barselona»ga o‘tdi va hech qanday yutuqqa erisha olmadi.

1999 yil. Braziliya terma jamoasining «dahshatli» tarkibi shakllanib kelmoqda. Rivaldo, Ronaldino... oradan 3 yil o‘tib bu yigitlar Braziliyani 5-bor JCHda g‘alaba qozonishini ta’minlab beradi.

Bu Rio shahridagi eng oddiy o‘yingohlardan biri.

1992 yilda «Milan» o‘sha paytdagi eng katta transferni amalga oshirgani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilib ketgan bo‘lsa, ajab emas. «Rossonerilar» 23 yoshli «Torino» yarim himoyachisi Janluiji Lentini uchun naqd 13 million funt sarflashadi! Bu o‘sha paytlardagi mutlaq rekord edi! Afsuski, Italiya terma jamoasi a’zosi oradan bir yil o‘tib avtohalokatda og‘ir jarohat oladi va uzoq muddat futboldan chetda qoladi. U keyinroq qaytadi, biroq avvalgi darajasiga boshqa chiqa olmaydi.

1999 yil. «Inter» hujumchilari ko‘payib ketgani uchun Rekobani «Venesi»ga ijaraga berib yuboradi. Ko‘p o‘tmay darrov qaytarib oladi. Gap shundaki, urugvaylik hujumchi 19 ta o‘yinda 12 ta gol kiritgan edi.

1996 yil. Yurgen Klinsman o‘z faoliyatidagi ikkinchi UYEFA kubogini qo‘lga kiritmoqda. Bundan 5 yil avval u bu sovrinni «Inter» bilan o‘ziniki qilgan edi.

«Legia» jamoasining muxlisi, bir ko‘zidan ayrilgan bo‘lsada, futbolga bo‘lgan mehridan ayrilgani yo‘q.

2001 yil 11 sentyabr. O‘sha kuni butun dunyodagi futbol o‘yinlari bir daqiqalik sukut bilan boshlangan desak, adashmagan bo‘lamiz

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:30, 12.12.2020.
O'qildi: 3822 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.