Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Lukas Vaskes bilan yangi shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda ABC nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabar berishicha, futbolchining o‘zi ham "qirollik klubi" bilan yangi shartnoma imzolashga qarshi emas. Yangi bitim yana 2-3 yilga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vaskesga "Manchester Yunayted" qizqayotganligi haqida xabarlar tarqalgandi.