Hujumchi Bredli Barkolya shu yozda «PSJ»ni tark etishi mumkin. CentreGoalHQ nashrining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, fransiyalik futbolchining transferiga «Chelsi» qiziqish bildirmoqda.
London klubi forvardni joriy yozgi transfer oynasidagi o‘zining bosh maqsadiga aylantirgan. «Ko‘klar»ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso Barkolani «Chelsi» loyihasidagi yetishmayotgan asosiy bo‘g‘in deb hisoblamoqda.
Bredli Barkola 2023 yilda «Lion»dan «PSJ»ga 45 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning Parij klubi bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
2025/26 yilgi mavsumda forvard parijliklar safida barcha turnirlarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Barkolaning transfer bahosini 70 million yevroga baholamoqda.













