Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

No‘’mon Hasanov: «Butun jamoa nomidan muxlislardan uzr so‘rayman»

No‘’mon Hasanov: «Butun jamoa nomidan muxlislardan uzr so‘rayman»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogining chorak finalidan o‘rin olgan  “Navbahor” – “Nasaf” (1:2) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi  No‘’mon Hasanov ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi. Mutaxassis o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

— Ko‘rdinglar, jamoamiz bugungi uchrashuvga to‘liq tayyor edi. Yigitlar hujumkor o‘yin ko‘rsatishdi, “Nasaf” esa ko‘proq qarshi hujumda o‘ynadi. Ikkala jamoa ham yaxshi taassurot qoldirdi. Muxlislarga tashakkur aytaman, stadionni to‘ldirib, jamoamizni qo‘llab-quvvatlashdi.

Golimiz ham muxlislarning goli bo‘ldi. Taqdir ekan, imkoniyatni boy berdik. Ammo maqsadimiz keyingi bosqichga chiqish edi. Chempionatda ham muvaffaqiyatli ishtirok etolmadik, kubokni ham erta tark etdik. Shu tufayli futbolchilar, butun jamoa nomidan muxlislardan uzr so‘rayman.

— “Navbahor” uchun gol urish kerak bo‘lgan paytda jamoaning asosiy futbolchisi Ivan Solovyov himoyadan hujumga o‘tishga majbur bo‘ldi. Bu holat himoyadagi bo‘shliqlar bilan bog‘liqmi yoki sizning taktik topshirig‘ingizmi?

— Yo‘q, himoyadagi o‘yinchilarimiz o‘z joyida edi. Solovyov bugun yomon o‘yin ko‘rsatmadi. “Nasaf” chap qanotimiz kuchli ekanini bilgan holda, alohida tayyorlangan ekan. Ivan ham himoyadagi sheriklariga yordamlashish uchun orqaga qaytishga majbur bo‘ldi. Himoyaning chap qanotida Mirzohid G‘ofurov o‘ynaydi.

— Asosiy vaqtning oxirida hisob tenglashganidan keyin penaltilar seriyasi haqida o‘ylaganmidingiz?

— Yo‘q. Penaltilar seriyasini kutmadim. Futbolda o‘yin yakunlanishiga bir daqiqa qolganda ham hisob o‘zgarib ketishi mumkin. Ekstra-taymlarda shogirdlarimdan bo‘shashmaslikni, birinchi navbatda to‘p o‘tkazib yubormaslikni so‘radim. Ko‘p yigitlar charchab qolishdi. Azimjon Ahmedovning mushaklarida ham og‘riq paydo bo‘lib, almashtirishimizni so‘radi, ammo u paytda zaxira imkoniyatimiz qolmagandi.

— O‘zbekiston kubogining yarim finaliga qur’a tashlanib, siz oldin faoliyat yuritgan “Qo‘qon-1912” jamoasi o‘z maydonida “Paxtakor”ni qabul qiladigan bo‘ldi. Qo‘qonliklar bo‘lajak bahsda nimaning hisobiga “Paxtakor”ni mag‘lubiyatga uchratishlari mumkin?

— Superliganing so‘nggi turida jamoamiz qo‘qonliklarga qarshi maydonga tushdi. Ko‘pchilik Qo‘qondagi maydon haqida gapiryapti, lekin maydon tekis. “Paxtakor” bunday maydonda bemalol o‘ynay oladi. “Qo‘qon-1912” so‘nggi paytlarda yaxshi o‘yin ko‘rsatyapti. Bo‘lajak uchrashuv chiroyli tarzda kechadi. Ammo qaysi jamoaning g‘alaba qozonishi aniq emas.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 08:36, 13.12.2020.
O'qildi: 3635 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.