Kirish Ro'yxatdan o'tish

Serxio Ramos Madrid derbisida rekord o‘rnatdi

Serxio Ramos Madrid derbisida rekord o‘rnatdi

Baho:
+ | -

«Real» Ispaniya chempionatining 13-turi doirasida o‘z uyida «Atletiko»ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

"MisterChip" tvitteri tarqatgan xabarga ko‘ra, "Qirollik klubi" himoyachisi Serxio Ramos mazkur o‘yin orqali Madrid derbisidagi o‘yinlar soni bo‘yicha "Real" rekordchisiga aylandi. Ispaniyalik futbolchi faoliyati davomida "Atletiko"ga qarshi 43-marta maydonga tushdi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha himoyachi Manolo Sanchis va Fransisko Xentoni ortda qoldirdi. Ushbu futbolchilar 42 marta derbida ishtirok etishgan.

Ramos 2005 yildan buyon «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga yetadi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 10:49, 13.12.2020.
O'qildi: 3742 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик