Kataloniyaning «Barselona» klubi prezidentligiga nomzod Joan Laportaning fikricha, jamoani kelajakda Xavi boshqaradi.
«Xavi aniq «Barselona» bosh murabbiyiga aylanadi. Bu vaqt masalasi. U bilan munosabatlarimiz yaxshi, u kataloniya klubini boshqarishni juda xohlayotganini aniq bilaman. Faoliyatini yakunlaganidan so‘ng, o‘zini futboldan uzoqlashtiradigan futbolchilar bor, lekin Xavi ularning tarkibiga kirmaydi», - Laportaning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Ara.cat sayti.
Eslatib o‘tamiz, Xavi «Barselona» tarbiyalanuvchisi sanaladi. U "Barselona" safida 767 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 85 ta gol kiritgan.