Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/11 18:00 Paxtakor 0-2 OKMK
22/11 16:00 Neftchi - Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum - Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol

Yuran O‘runov haqida aytgan so‘zlariga yana bir marta izoh berdi

Yuran O‘runov haqida aytgan so‘zlariga yana bir marta izoh berdi

Baho:
+ | -

«SKA-Xabarovsk» bosh murabbiyi Sergey Yuran «Spartak» yarim himoyachisi Oston O‘runov haqida aytgan so‘zlariga yana bir marta izoh berdi.

— Kecha siz O‘runovning yoshi aslida kattaroq ekani haqida aytgan edingiz. Siz bu haqda bitta manbadan eshitganmisiz yoki bir nechta?

— Bu haqda faqat men gapirmaganman. O‘zbekistonda murabbiy tanishlarim bor. Biz gaplashib turamiz. Menimcha, ular yaxshiroq bilishadi. Yana shuni aytishim kerakki, men kecha aniq raqamni, masalan, 5 yoki 10 yoshga katta ekani haqida gapirmagandim. Shunchaki, O‘runov «Spartak»ka o‘tganida, menga qo‘ng‘iroq qilib: "Oston 19 yoshda emas, O‘zbekistonda buni barcha biladi", deb aytishdi. Men esa: "Kattami?", deb so‘radim. "Ha, biroz katta", deb javob berishgandi. Umuman olganda, ushbu transferdan odamlar hayron bo‘lishdi. Axir u «Spartak»ni kuchaytirmadiku!

— Bu ma’lumot sizni o‘ylantirib qo‘ydimi?

— O‘runov uchun nimaga 2 million yevro to‘langanini tushunmadim. «Spartak»da o‘zining 19 yoshli tarbiyalanuvchilari yo‘qmi? O‘runov — yomon futbolchi emas. Ammo u hozir «Spartak» darajasida emas.

— Siz teleefir orqali O‘runovning yoshi haqida gapirganingizda sizga e’tirozlar bo‘lishi mumkinligidan qo‘rqmadingizmi? Masalan, «Spartak» tomonidan.

— Nima, men uni haqorat qildimmi? Yoki aniq raqamlarni aytdimmi, masalan: «O‘runov aslida 19 yosh emas, 25 yoshda», deb? Men aniq raqamlarni aytmadim. Shunchaki ko‘rsatuv davomida Gazizov 19 yoshli futbolchini xarid qilgani haqida gap ketdi. Men esa eshitganlarim haqida gapirdim. Bu yerda hech qanday haqorat yo‘q.

— Ushbu ko‘rsatuvdan keyin sizga «Spartak»dan qo‘ng‘iroq bo‘ldimi?

— Yo‘q. Shundan so‘ng siz birinchi bo‘lib menga qo‘ng‘iroq qildingiz.

— Ko‘rsatuvda «Ufa»ning sobiq bosh murabbiyi Vadim Yevseev haqida bor edi. Ko‘rsatuvdan keyin u bilan mazkur mavzuda gaplashmadingizmi?

— Yo‘q. Lekin, o‘ylashimcha, Vadim bu ma’lumotdan bexabar bo‘lganida, u menga gapirgan bo‘lardi. Lekin na efir paytida, na undan keyin u mening gaplarimni to‘g‘riladi.

Manba: bombardir.ru
Kiritildi: 11:22, 16.12.2020.
O'qildi: 8907 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.