Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Sulsher: "Bu biz uchun muhim bosqich bo‘ladi"

Sulsher: "Bu biz uchun muhim bosqich bo‘ladi"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" ustozi Ole Gunnar Sulsher o‘z jamoasini APL chempionligiga kurash olib borishi uchun "biroz kuchayishga" chaqirdi.

"Qizil iblislar" so‘nggi 15 kun ichida oltita o‘yin o‘tkazadilar, bugun kechqurun "Sheffild Yunayted" maydoniga safar uyushtiradi.

"Kelgusi haftalar "Manchester Yunayted"ning chempionlik uchun imkoniyatlari uchun hal qiluvchi bo‘ladimi? Bu biz uchun muhim bosqich bo‘ladi. Yangi yil bayramigacha bo‘ladigan "Aston Villa"ga qarshi o‘yindan so‘ng biz ligada biroz dam olamiz.

"Shu sababli, bu davr juda katta ahamiyatga ega bo‘ladi va shu vaqtgacha sizning savolingizga javob berishim osonroq bo‘ladi. Agar futbolchilar chempionlik uchun kurashga biz aralasha olmayapmiz deb o‘ylashsa xafa bo‘lardim, chunki ayni damda ligada hamma narsa bo‘lishi mumkin.

"Turli xil natijalarning har xil sabablari bor. Men o‘zimizni yaxshilab borayotganimizni his qilyapman, ammo keyingi qadamni qo‘yish uchun biroz kuchayishimiz kerak.

"O‘ylaymanki, bu mavsum kutilmagan, baland va past parvozlarga boy bo‘ladi. Barqarorlik va kuchga ega bo‘lgan jamoalarlar avvalgi mavsumlarga qaraganda ko‘proq imkoniyatga ega bo‘lishadi" - dedi Sulsher Sky Sports bilan suhbatda.

Kiritildi: 17:22, 17.12.2020.
O'qildi: 3695 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.