Kirish Ro'yxatdan o'tish

2020 yilning eng yaxshi ayol futbolchisi: «Hayratdaman!»

2020 yilning eng yaxshi ayol futbolchisi: «Hayratdaman!»

Baho:
+ | -

Angliyaning «Manchester Siti» ayollar jamoasi va Angliya ayollar terma jamoasi himoyachisi Lyusiya Brons FIFA tomonidan yilning eng yaxshi ayol futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritganiga munosabat bildirdi.

— Ushbu sovrindan hayratga tushdim. Bu sovrinni qo‘lga kiritish uchun ko‘plab futbolchilar boridi, ularning orasida ekanligimdan xursandman. Hozir qanday hayajonlanayotganimni ifodalab bera olmayman. 2020 yilga har bir lahza uchun, hozir shu yerda turganim uchun va ushbu sovrin uchun minnatdorchilik bildiraman. Ushbu kunlarni uzoq muddat eslab yuraman. Hozir uyga qayta olmayman, lekin barchaga minnatdorchilik bildiraman. Ushbu yil nimasi bilan xotiramda qoldi? YECHLdagi bosh sovrin. Bu xuddi Jahon chempionatiga o‘xshaydi. Bu bosqichlardan o‘tasan, yarim finallar va yakunda g‘alaba qozonasan. Tribunalarda muxlislarning yo‘qligi qattiq ranjitmoqda. Ular bizning g‘alabalarimizni ko‘rishlari kerak edi. G‘alaba qozonganimiz va sovrinni qo‘lga kiritganimiz uchun jamoadoshlarimga alohida rahmat aytaman. Bu mening ketma-ket uchinchi shaxsiy, jamoaviy esa beshinchi sovrinim. Ajoyib his-tuyg‘ular, — dedi Brons.

Kiritildi: 01:21, 18.12.2020.
O'qildi: 1745 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.