Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Ko‘rishingiz shart! Futbol tarixidan so‘ylovchi suratlar

Ko‘rishingiz shart! Futbol tarixidan so‘ylovchi suratlar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi tarixiy suratlar bilan tanishtirishda davom etamiz.

1999 yil. Yulduzlar bilan to‘lib-toshgan «Lasio» UEFA super kubogida zafar quchmoqda. Ular hozirgina finalda «Manchester Yunayted»ni mag‘lub etishdi.

1987 yil. 18 yoshli Diyego Maradona «Argentinos Xuniors» safidan ko‘rikdan o‘tmoqda. Uni oldinda nimalar kutib turganidan bexabar...

1995 yil. «Reynjers» jamoasining yangi futbolchisi - Pol Gaskoyn dunyodagi eng shiddatli Derbida o‘zini yo‘qotib qo‘ygani yo‘q.

Barchaning e’tiborini Bajjo tortgan bo‘lsa, ajab emas. Endi uning oldida turgan katta oyoq kiyim kiyib olgan Antonio Kassanoga e’tibor bering!

Rene Igita uchun gravitasiya qoidalari mavjud emas.

Bu Yevropa yoki JCH finali emas! Maydonda «Aston Villa» va «Tottenhem» to‘qnash kelmoqda! Muxlislarga qarab odam g‘alati bo‘lib ketadi...

UYEFA tarixidagi eng kam muxlis bilan o‘tkazilgan uchrashuv! Kubok egalari kubogi final uchrashuvida «Dinamo Tblisi» jamoasi «Karl Seyss»ni Dyusseldorfda qabul qilmoqda. Muxlislar soni 4750 ta! Bu O‘zbekiston chempionati doirasida «Nasaf» yoki «Navbahor» jamoalarining uy uchrashuvlaridagi muxlislar sonidan ham kam!

Yosh va iqtidorli Andrea Pirlo «Redjina» safida! «Parma» futbolchisi Artegani to‘xtatib qolishga urinmoqda.

2000 yil. Yangi asrning ilk yillarini turk futboliga bag‘ishlangan desak, adashmagan bo‘lamiz. «Galatasaray» UYEFA super kubogida «Real»ni mag‘lub etdi va Yevropaning birinchi raqamli klubiga aylandi. Oradan ikki yil o‘tib, Turkiya terma jamoasi Osiyo qit’asida bo‘lib o‘tgan JCHda bronzo medallarga ega chiqadi. Bunisi endi, boshqa voqea...

1923 yil. Afsonaviy «Uembli» arenasini qurish ishlari davom etmoqda.

1990 yil. Angliya terma jamoasini JCHdan so‘ng, kutib olish uchun ko‘chaga chiqqan muxlislarga e’tibor bering! Vaholanki, inglizlar o‘z odatlariga sodiq qolgan xolda musobaqani juda erta tark etishgan edi.

Jeymi Vari bundan ancha yillar ilgari, ancha quyi divizionlardan birida to‘p surar edi. «Flitvud Taun» jamoasi haqida eshitganmisiz? Aynan shu klub safida Vardi katta futbolga dadil qadamlar bilan kirib kelgan.

Rayn Giggz, Bekhem va «Navbahor» jamoasi sobiq ustozi - Andrey Kancheslkis! «Manchester Yunayted»ning o‘sha paytlardagi yulduzlaridan iborat uchlik!

1996 yil. Yevropa Chempionlar Ligasining final uchrashuvi! Final kurashlarga boy o‘tganini birgina surat isbotlab beradi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:14, 19.12.2020.
O'qildi: 4752 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.