Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

«Paxtakor» AGMKga imkon qoldirmadi va O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi

«Paxtakor» AGMKga imkon qoldirmadi va O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

AGMK va "Paxtakor" klublari o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogining final uchrashuvi hozirgina yakuniga yetdi.

Uchrashuv boshida Qosimov shogirdlari raqibga bosim o‘tkazib, tezkor gol urib olish harakat qilishdi. Bu paytda paxtakorchilar himoyalanishga majbur bo‘lishdi. Ammo AGMK o‘z maqsadiga yeta olmadi.

O‘yinning 28-daqiqasida esa Hamdamov o‘ng qanotda himoyachini aldab o‘tib, jarima maydoniga kirdi va Cheranga uzatma berdi. Dragan 13 metrlardan kuchli zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘lim boshida esa serbiyalik futbolchi hisobdagi farqni oshirdi. Masharipov chap qanotdan yetkazgan to‘pini Cheran bosh bilan olmaliqliklar darvozasiga joylab qo‘ydi.

Bahsning 58-daqiqasiga kelib amalda o‘yin taqdiri hal bo‘ldi. Uchrashuv hakami Zokir Qodirov videotakrorni tomosha qilgach, to‘p Rahmonovning qo‘liga tekkanini aniqladi va AGMK darvozasi tomon penalti belgiladi. Masharipov 11 metrli jarima zarbasidan unumli foydalanib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi.

Uchrashuv so‘ngida olmaliqliklar bitta javob to‘pini kiritishgandi, ammo ofsayd tufayli gol inobatga olinmadi.

Shu tariqa, "Paxtakor" ketma-ket uchinchi marta, o‘z tarixida esa 13-marta O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston Coca Cola kubogi-2020. Final
AGMK – “Paxtakor” - 0:3 (0:1)
Gollar: Dragan Cheran (28, 47), Jaloliddin Masharipov (59-penalti)
AGMK: 35.Valijon Rahimov, 2.Akmal Shorahmedov, 3.Sardor Rahmonov, 5.Dilshod Jo‘rayev, 7.Elguja Grigalashvili, 11.Murod Toshmatov, 18.Bahrom Abdurahimov, 21.Mate Vatsadze, 23.Yovan Jokich, 44.Bobur Yo‘ldoshev, 94.Husniddin G‘ofurov.
Zaxiradagilar: 32.Suhrobjon Sultonov, 4.Mirjamol Qosimov, 9.Zafar Polvonov, 10.SHahzod Nurmatov, 20.Mirg‘iyos Sulaymonov, 30.Jasur Umarov, 31.Saydullo Rahmatov, 77.Arslonmirat Amanov, 88.Igor Zonich.
“Paxtakor”: 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Akramjon Komilov, 5.Anzur Ismoilov, 9.Jaloliddin Masharipov, 10.Dragan Cheran, 15.Egor Krimes, 17.Dostonbek Hamdamov, 20.Odiljon Hamrobekov, 21.Abrorbek Ismoilov, 77.Eren Derdiyok.
Zaxiradagilar: 25.Eldorbek Suyunov, 7.Sadriddin Abdullayev, 8.Asadbek Sobirjonov, 18.Hojimat Erkinov, 23.SHerzod A’zamov, 27.Sardor Sobirxo‘jayev, 28.Diyor Xolmatov, 29.Vladimir Kozak, 99.Javohir Sidiqov.
Hakamlar: Zokir Qodirov, Ruslan Serazitdinov, Ruslan Samandarov, Shavkat Nasibullayev.
Nazoratchi: Vladislav Seytlin.
VAR hakamlari: Aziz Asimov, Timur Gaynulin.
VAR nazoratchisi: Farhod Abdullayev.
20 dekabr 2020 yil. Namangan. "Markaziy" stadion.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 16:56, 20.12.2020.
O'qildi: 3587 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.