Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Shota Arveladze: "Jamoalar "Paxtakor" kabi saviyani oshirish uchun intilishlari kerak"

Shota Arveladze: "Jamoalar "Paxtakor" kabi saviyani oshirish uchun intilishlari kerak"

Baho:
+ | -

"Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze AGMKga qarshi bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston kubogi final uchrashuvidan (3:0) so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob berib o‘tdi.

– Kechagi o‘yin haqida fikrimni boshlayman. Chempionlar Ligasi finalini tomosha qildik. Musobaqadan chiqib ketganimizdan so‘ng o‘yinlarni kuzatdik. Saviya borasida biz ulardan qolishmasdik. Turnirni yutish uchun imkoniyatimiz bor edi. Shunda o‘zimizni boshqa qit’a klublari bilan sinab ko‘rardik. Yigitlarga ertangi kun sari qadamni o‘zlaridan ham ishtiyoq, doimiy harakat zarurligini aytdim. Bugungi bahsga kelsak, o‘yinni nazorat qildik. Uchta goldan tashqari yana vaziyatlar yaratdik. Raqibning aniq zarbasi deyarli bo‘lmadi. Jiddiy raqib ustidan zafar quchdik va O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdik. Ular bejizga chempionatni uchlikda tugatishmadi.

Ushbu qiyin mavsumda barchaga og‘ir bo‘ldi. Futbolchilar, rahbariyat, barcha xodimlarga rahmat aytaman. Bizga barcha sharoitlar yaratib berildi. Klub prezidenti Bobur Shodiyev, bosh direktor Dmitriy Adismandan klub uchun qayg‘urayotganidan minnatdorman. O‘zim bilan do‘stlashgan hamma insonlarga rahmat. Barchaga sog‘liq tilayman, eng og‘ir yil o‘tib ketdi deb umid qilaman.

Jamoalar "Paxtakor" kabi saviyani oshirish uchun intilishlari kerak. Shunda umumiy daraja yanada o‘sadi.

Mavsumni yaxshi o‘tkazdik. Kecha bizda bitta sovrin bor edi, endi ular sonini yana bittaga ko‘paytirdik.

Murabbiylar keladi va ketadi. Shu jumladan, men ham. Lekin ulardan ko‘p narsalar qoladi. Yaratilgan tizim yo‘q bo‘lmaydi. Hamisha ishni yaxshilashga urinish kerak. Eng yaxshi daraja uchun intilish shart.

Kiritildi: 17:47, 20.12.2020.
O'qildi: 4372 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик