Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Qariya demang bizni, Ko‘tarib uramiz sizni! (Ramziy jamoa)

Qariya demang bizni, Ko‘tarib uramiz sizni! (Ramziy jamoa)

Baho:
+ | -1

Stadion.uz anchagina katta yoshni urib qo‘ygan bo‘lsada, dunyoning eng kuchli klublarida bemalol to‘p surayotgan futbolchilardan tashkil topgan ramziy jamoani e’tiboringizga havola etadi. 

Darvozabon: Janluiji Buffon

O‘zining 42 yoshida ham ortiqcha muammosiz «zebralar» sharafini himoya qilayotgan futbolchini tirik afsona desak, adashmagan bo‘lamiz. U rekordlarni yangilashdan charchamayapti. Jiji nafaqat kuchli darvozabon, balki chinakam yetakchi. Uning tarkibda bo‘lishi «Yuve» futbolchilari uchun qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi.

Himoyachilar: Pepe

Pepe «Real Madrid» jamoasi safidan 2017 yilda ketgach, Turkiyaning «Beshiktash» klubidan qo‘nim topdi. Shu bois, uni muxlislar biroz unutib qo‘yishgan edi. Shunga qaramay, u vataniga qaytdi va «Portu» bilan shartnoma imzoladi. Hozirda u 37 yoshda, ammo jamoaning asosiy figuralaridan biri sanaladi.

Jorjo Kyellini

Kyellini ham «Yuventus»ning eski gvardiyasi a’zosi sanaladi. 36 yoshda bo‘lishiga qaramay, uning yo‘qligi maydonda darrov sezilib qoladi. Ikkinchi qavatdagi kurashlarda faol, maydonda joy tanlashda adashmaydigan himoyachi bilan «Yuvetus» xayrlashmoqchi emas. Italiya nashrlarining ma’lum qilishicha, klub u bilan o‘rtadagi shartnomani yana uzaytirishga tayyor.

Yuriy Jirkov

37 yoshli Jirkov 2008 yildagi Yevropa chempionatida porlagan edi. E’tiborlisi shundaki, u deyarli tempni tushirgani yo‘q. Shu yoshida ham RPLning eng chaqqon futbolchilaridan biri sanaladi. E’tiborlisi shundaki, u hali-hamon terma jamoadan chaqiruv olib turadi.

Dani Alves

Sayyoramizdagi eng sovrindor futbolchi ayni damda Braziliyaning «San Paulo» klubi a’zosi sanaladi. 37 yoshda ham 90 daqiqa to‘liq harakat qilayotgan qanot himoyachisiga qoyil qolmaslikning imkoni yo‘q. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, u faoliyatini Argentinada - «Boka Xuniors» safida davom ettirishi mumkin ekan. Bundan ko‘rinib turibdiki, Dani hali-beri butsalarini mixga ilmoqchi emas.

Tayanch yarim himoyachisi: Fernandino

Pep Gvardiolaning universal soldati sanalgan Fernandino ham bugungi ro‘yxatimizdan o‘rin olishga haqli. 35 yoshda bo‘lishiga qaramay, uning «shaharliklar» uchun muhim figura ekanligi hech kimga sir emas. 2013 yilda Angliyaga ko‘chib o‘tgan futbolchini bemalol «Siti» tarixidagi eng yaxshi transferlardan biri deya olamiz. Transfermarkt nashrining ma’lum qilishicha, Fernandino yozda Braziliya klublaridan biri bilan 2 yillik shartnoma imzolamoqchi ekan. Demak, biz uning o‘yinlarini yana bir necha yil tomosha qilishimiz mumkin.

Markaziy hujumkor yarim himoyachi: Andres Inyesta

Kataloniyaning «Barselona» klubi afsonasi bugungi kunda Yaponiyada to‘p surmoqda. U hozirda 36 yoshda. Shunday bo‘lsada, «Vissal Kobe»ning sardori va chinakam yetakchisi sanaladi. Eng muhimi, u klub tarkibida yosh futbolchilar uchun chinakam namuna. Katta ehtimol bilan, qahramonimiz shartnomasi yakunlangach, butsalarini mixga ilib yuboradi.

Chap qanot yarim himoyachisi: Frank Riberi

Deyarli butun faoliyati «Bavariya»da o‘tgan Riberi 2019 yilda «Fiorentina» bilan shartnoma imzoladi. U og‘ir bo‘lsada, Myunxen klubining rivojiga hissa qo‘shishga qaror qildi va yoshlarga yo‘l ochdi. Bugungi kunda 37 yoshli futbolchi «a seriya»da o‘zini ko‘rsatish bilan band. Futboldan ketish haqida hatto o‘ylamayapti ham...

O‘ng qanot yarim himoyachisi: Kuarejma

Portugaliyalik futbolchining faoliyati juda qiziq. U «Barselona», «Chelsi». «Portu», «Beshiktash» va «Inter» singari grand klublari sharafini himoya qilgan bo‘lsada, hech qayerda 4 yildan ortiq to‘p surmagan. Bugungi kunda 37 yoshli futbolchi o‘z kuchini Portugaliyaning «Vitoria» safida sinab ko‘rmoqda.

Markaziy hujumchi: Zlatan Ibrahimovich

Zlatan bugungi kunda «A seriya»ning eng yaxshi to‘purarlaridan biri sanaladi. Tan olish lozim, uning «Milan»ga qaytishi muxlislarning qalbida umid uchqunlarini paydo qildi. Futbolchi klub uchun chempionlikni va’da qilmoqda. Agar u shu ishni 39 yoshda uddalasa, unga o‘ylab o‘tirmay «oltin to‘p»ni topshirish mumkin!

Markaziy hujumchi: Ronaldu

Ronaldu haqida ortiqcha gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. O‘zining 35 yosh bo‘lishiga qaramay, u maydonda 23 yoshli yigitlardek ter to‘kadi. Ayrim olimlar uning tanasi 25 yoshli yigitlarnikidek ekanligini ma’lum qilishmoqda. Futbolchining o‘zi 40 yoshga qadar to‘p surmoqchi ekanligini yashirib o‘tirmaydi. Hozirda uning oldiga qo‘ygan asosiy vazifasi Turin klubi bilan Yevropa chempionlar ligasida g‘alaba qozonish.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:55, 21.12.2020.
O'qildi: 15325 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.