Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Buffon dinni tahqirlashda ayblanmoqda

Buffon dinni tahqirlashda ayblanmoqda

Baho:
+ | -

«Yuventus» darvozaboni Janluidji Buffon dinni tahqirlashda ayblanmoqda. "Football Italia" tarqatgan xabarga ko‘ra, Italiya futbol federasiyasi bu borasida surishtiruv ishlarini boshladi.

Italiya A seriyasining 12-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Parma»ga qarshi o‘yin paytida aytgan so‘zlari kadrga tushmagan, faqat futbolchining ovozi eshitilgan. Shu bois, A seriya tartib-intizom qo‘mitasi posbonga nisbatan chora ko‘rmagan edi.

Shunga qaramay, so‘nggi bir necha kun davomida ro‘y bergan bahs-munozaralar va e’tirozlar natijasida Italiya futbol federasiyasi surishtiruv ishlarini boshladi. Agar Buffonning aybi isbotlansa, u bitta o‘yinga diskalifikasiya qilinadi.

Avvalroq «Roma» yarim himoyachisi Brayan Kristante shunga o‘xshash ayblov bilan bitta o‘yinga chetlatilgan edi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 22:29, 22.12.2020.
O'qildi: 2673 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик