Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya
14/10 12:45 Melburn Viktori - Seul

AQSH shaxmat federasiyasi vakiliga aylangan Gulruhbegim Tohirjonovaning otasi: «O‘zimizning federasiyaga kerak bo‘lmasa, biz nima qila olamiz?»

AQSH shaxmat federasiyasi vakiliga aylangan Gulruhbegim Tohirjonovaning otasi: «O‘zimizning federasiyaga kerak bo‘lmasa, biz nima qila olamiz?»

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik xalqaro grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova AQSH shaxmat federasiyasi a’zosiga aylandi. 21 yoshli shaxmatchi AQSHning Missuri universiteti jamoasi safida dona surmoqda va bundan keyin xalqaro musobaqalarda Amerika sharafini himoya qiladi.

«Daryo» muxbiri Gulruhbegimning bu tanloviga nima sabab bo‘lganini aniqlash maqsadida sportchining otasi Alisher Mo‘minov bilan bog‘landi.

«Gulruhbegim AQSH shaxmat federasiyasi a’zosiga aylandi. U 21 yoshga kirdi va bu borada o‘zi qaror chiqardi. Fuqaroligini o‘zgartirgani yo‘q, u hali ham O‘zbekiston fuqarosi. Faqat musobaqalarda AQSH nomidan qatnashadi.

AQSH federasiyasi qizimga barcha sharoitlarni yaratib bermoqda. Masalan, hozirda u Missuri universitetiga tahsil olmoqda. AQSH olti yillik o‘qishi uchun 150 ming dollar mablag‘ ajratgan. Barcha xarajatlari, xususan, musobaqalarga borishi xarajatlari ham qoplab berilmoqda, murabbiylar bilan ta’minlanmoqda.

O‘zbekiston shaxmat federasiyasiga bunday o‘yinchilar kerak emas! Federasiya Guruhbegimning opalari Xulkar va Nafisani terma jamoadan chiqarib yuborish uchun bor imkoniyatini ishga soldi va shunga erishdi. O‘zimizning federasiyaga kerak bo‘lmasa, biz nima qila olamiz?

Qaytaraman, bu qizimning qarori. Men ota sifatida uning qarorini qo‘llab-quvvatladim. Yana bir jihat, federasiya almashtirish murakkab ish emas. Agar u O‘zbekistonga haqiqatda kerak bo‘lsa, qaytib kelishi mumkin», — deydi Alisher Mo‘minov.

«Daryo» muxbiri bu masalada O‘zbekiston shaxmat federasiyasining ham munosabatini bilishga urindi. Biroq federasiya saytida keltirilgan +998 71 241 12 00, +998 71 231 25 69 raqamlariga ulanishning iloji bo‘lmadi.

Ta’kidlash joiz, Gulruhbegim ayollar o‘rtasida 2018 yilgi Jahon chempionatida qatnashib, chorak finalga qadar yetib borgan va unda bo‘lajak chempion Szyuy Venszyunga yutqazib qo‘ygandi.

Ma’lumot uchun, Alisher Mo‘minovning uch nafar qizi — Nafisa Mo‘minova, Xulkar va Gulruhbegim Tohirjonovalar professional shaxmatchi hisoblanadi. Nafisa Mo‘minova 2013 yilda xalqaro grossmeyster maqomini olgan va bu borada O‘zbekistondagi ilk ayol grossmeysterga aylangandi. Uning singillari ham qator xalqaro musobaqalar g‘olibi hisoblanadi. Ayni vaqtda Nafisa Mo‘minova Yevropaning nomdor shaxmat klubida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:04, 25.12.2020.
O'qildi: 7557 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик