Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 1-1 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Mustafi kerak emas!

Kuni kecha ko‘plab taniqli nashrlarda Kataloniyaning «Barselona» jamoasi Londonning «Arsenal» himoyachisi Shkordan Mustafi bilan shartnoma imzolamoqchi ekanligi haqida mish-mishlar paydo bo‘lgan edi.

«Mundo Deportivo» nashrining ma’lum qilishicha, klub bunday ma’lumotni to‘liq rad etgan. Jamoa 28 yoshli JCH g‘olibining transferi borasida hech qanday muzokara o‘tkazmaganini rasman e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, Mustafi bu mavsumda APLning atigi 2 ta o‘yinida ishtirok etdi xolos.

Puch nishonda!

Kataloniyaning «Barselona» jamoasi yarim himoyachisi Riku Puch faoliyatini grand klublardan birida davom ettirishi mumkin.

«Goal» nashrining ma’lum qilshicha, yozda erkin agentga aylanadigan futbolchi bilan «Bavariya» va «Manchester Siti» klublari jiddiy qiziqib qolgna.

Manbaning ma’lum qilishicha, Riki Puch ayni damda Ronald Kuman bilan kelisha olmayapti. Shu bois, futbolchi o‘yin amaliyotga ega bo‘lish maqsadida boshqa klub bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Yarmolenko Anchelotti qo‘l ostida?!

Angliyaning «Vest Hem» jamoasi hujumchi Andrey Yarmolenko faoliyatini «Everton» jamoasi safida davom ettirishi mumkin.

«The Sun» nashrining ma’lum qilishicha, «bolg‘achilar» qishda ukrainalik futbolchini transferga qo‘ymoqchi. Ayni damda, uning uchun asosiy da’vogar Liverpul shahrining «Everton» klubi bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, bu mavsumda hujumchi «Vest Hem» safida 7 ta o‘yin o‘tkazdi, ammo birorta gol kiritgani yo‘q.

Alonso ketadimi?

Londonning «Chelsi» jamoasi qanot himoyachisi Markos Alonso faoliyatini Madrid klubida davom ettirishi mumkin.

«El Cheringuito» nashrining ma’lum qilishicha, 29 yoshli futbolchi tez orada «matraschilar» bilan kelishuvga erishadi. 

Eslatib o‘tamiz, Alonso «Real Madrid» jamoasi tarbiyalanuvchisi sanaladi. U bu mavsumda atigi 3 ta o‘yinda ishtirok etdi xolos.

Avvalroq uni «Inter» jamoasiga o‘tishi borasida mish-mishlar tarqagan edi.

«Napoli» futbolchisi ketmoqchi!

Italiyaning «Napoli» klubi yarim himoyachisi Stanislav Lobotka faoliyatini «Torino»da davom ettirishi mumkin.

26 yoshli futbolchi bilan Italiyaning boshqa bir jamoasi - «Torino» qiziqib qolgan. Shu yilning yanvar oyida jamoa safiga kelib qo‘shilgan futbolchi, klub rejalaridan o‘rin egallay olmadi. Shu bois, hali 3,5 yillik shartnomasi bo‘lishiga qaramay uni jamoa boshqa klubga sotib yumoqchi.

«Calciomercato» nashrining ma’lum qilishicha, futbolchining o‘zi ham o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida klubini o‘zgartirmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Lobotka bu mavsumda atigi 8 ta o‘yinda ishtirok etdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:39, 25.12.2020.
O'qildi: 8508 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.