Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

Klopp qayd etilgan durangdan so‘ng nimalar dedi?

Klopp qayd etilgan durangdan so‘ng nimalar dedi?

Baho:
+ | -

Angliyaning «Liverpul» klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLning 15-tur doirasida «Vest Bromvich» (1:1) bilan qayd etilgan durang haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Kimdir «Vest Bromvich»dek jamoani birinchi bo‘limda 6-4 sxemasi ostida o‘ynashini yoki shunga o‘xshash narsalarni kutgan deb o‘ylamayman. Biz yaxshi ishlayapmiz deb o‘ylagandim. Ikkinchi bo‘limda biz birinchi taymdagidek o‘ynay olmadik, ular uchta qarshi hujumni yuzaga keltirishdi, juda ko‘p burchak to‘plari bo‘ldi. Bu bizning aybimiz, shu sababli, uch ochko emas, bir ochko ishlab oldik.

Qachonki 10 nafar himoyachiga qarshi o‘ynash jiddiy muammo keltiradi. To‘g‘risini aytganda, «Vest Bromvich» o‘z ishini 90 daqiqa mobaynida bajardi. «Vest Bromvich» bugun haqli ravishda ochkoni qo‘lga kiritdi, chunki biz ikkinchi bo‘limda o‘yin borasida ulardan kuchli emasdik. Vaziyat yaratish qiyin bo‘ldi. Yakunda, kechaga qaraganda bugun yaxshiroq o‘ynashimizni hamma yaxshi tushunib turgandi.

Ular «Aston Villa»ga qarshi boshqacha o‘yin namoyish etishgandi, bugun esa ular asosan qarshi hujumda va standart vaziyatlarda o‘ynashi ma’lum bo‘ldi. Bugun o‘yinni nazorat qilish ustida ishlashimiz kerakligini bilib oldik. Bugun o‘z o‘yinimizni ko‘rsata olmadik», – dedi Klopp.

Kiritildi: 00:14, 28.12.2020.
O'qildi: 4158 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик