Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston 5-5 O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter 2-0 Torino
28/04 16:00 Mets 1-2 Lill
28/04 16:00 Tailand 1-4 Eron
28/04 17:00 Kadis 1-1 Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem 2-3 Arsenal
28/04 18:00 Bornmut 3-0 Brayton
28/04 18:00 Loryan 1-2 Tuluza
28/04 18:00 Klermon 4-1 Reyms
28/04 18:00 Strasbur 1-3 Nissa
28/04 18:00 Bolonya 1-1 Udineze
28/04 19:00 Indoneziya - O‘zbekiston
28/04 19:15 Granada 3-0 Osasuna
28/04 20:05 Renn 4-5 Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest 0-2 Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli 2-2 Roma
28/04 21:00 Atalanta 2-0 Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal 3-0 Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion 3-2 Monako
28/04 22:30 Yaponiya - Iroq
28/04 23:45 Fiorentina 5-1 Sassuolo
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 00:00 Betis 1-1 Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Kostaning kelajagi aniq

Madridning "Atletiko» jamoasi hujumchisi Diyego Kosta faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishga yaqin turibdi.

AS nashrining ma’lum qilishicha, «matrsachilar» futbolchini o‘rnini kim bilan to‘ldirish borasida yakuniy qarorga kelishgan. Shu bois, jamoa «Napoli» hujumchisi Arkaduish Milik bilan muzokaralarga tayyorlanmoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, «Napoli» Milikni yozda erkin agent sifatida qo‘yib yuborishdan ko‘ra, uni qishda 10 million yevroga sotmoqchi.

Musa Turkiyada

O‘zining «Lester» jamoasidagi o‘yinlari bilan muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan Ahmad Musa faoliyatini Turkiyda davom ettirishi tobora aniqlashib bormoqda.

Turk nashrlarining ma’lum qilishicha, hujumchiga klub 2+1 ko‘rinishidagi shartnoma taklif qilgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, Musa bilan shaxsan Fotih Terim qiziqib qolgan. Shu bois, ushbu transfer tez orada hal etiladi.

Musakkyo ketadimi?

Milanning «Milan» jamoasi himoyachisi Matteo Mussakkyo faoliyatini qaysi klubda davom ettirish borasida bir qarorga keldi.

Argentinalik futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilda o‘z yakuniga yetadi. Shu bois, jamoa uni qishda qo‘yib yuborish haqida bosh qotirmoqda.

"Goal" nashrining ma’lum qilishicha, futbolchi yozgacha jamoada qoladi va erkin agent sifatida klubni tark etadi.

Manbaning ma’lum qilishicha, himoyachi bilan Ispaniyaning «Valensiya» jamoasi jiddiy qiziqib qolgan.

Veynaldum keladimi?

Angliyaning «Liverpul» jamoasi yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum faoliyatini Kataloniya super klubida davom ettirishi mumkin.

AS nashrining ma’lum qilishicha, 2021 yilda erkin agentga aylanadigan futbolchi bilan shaxsan «Barselona» ustozi qiziqib qolgan. U Jorjinoni qo‘lga kiritish lozimligi haqida rahbariyatga ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» va futbolchi o‘rtasidagi muzokaralar to‘xtatib qo‘yilgan. Shu bois, futbolchi yanvar oyida o‘zi istagan klub bilan muzokara o‘tkazishi mumkin.

«Milan»ga hujumchi kerak

Milanning «Milan» jamoasi Madridning «Real» klubi hujumchisi Luka Yovichni ijaraga olish niyatida.

"Goal" nashrining ma’lum qilishicha, jamoa allaqachon serbiyalik hujumchi borasida Madrid klubi bilan muzokaralar boshlab yubordi.

Eslatib o‘tamiz, hujumchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilda o‘z yakuniga yetadi.

«Yuventus»ga O‘zil kerak

Turinning «Yuventus» jamoasi "Arsenal» yarim himoyachisi Mesut O‘zilni o‘z tarkibida ko‘rish fikridan qaytdi.

Italiya nashrlarining ma’lum qilishicha, «Yuventus» O‘zil bilan shartnoma tuzmoqchi edi, biroq so‘nggi soatlarda bu fikrdan qaytgan. Bunga futbolchi tomonidan katta maosh talab qilingani vaj qilib ko‘rsatilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq futbolchi bilan bir nechta turk klublari qiziqib qolgan edi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:46, 28.12.2020.
O'qildi: 12239 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.