«Milan» hujumchisi Aleksis Salemakers jarohat olib, safdan chiqdi.
Italiya matbuoti tarqatgan xabarga ko‘ra, belgiyalik futbolchining son qismi jarohatlangan. 21 yoshli futbolchining tiklanishi uchun taxminan 10 kun vaqt ketadi. Shu tariqa, u 6 yanvar kuni bo‘ladigan «Yuventus»ga qarshi muhim bahsni o‘tkazib yuboradi.
Shuningdek, 3 yanvar kuni «Benevento»ga qarshi o‘yinda "Milan" yarim himoyachisi Samu Kastilyexo qaydnomaga kiritilmaydi.