Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

AGMK 2021 yilgi OCHL saralash bosqichida ishtirok etadi

AGMK 2021 yilgi OCHL saralash bosqichida ishtirok etadi

Baho:
+ | -

AGMK o‘tgan mavsumdagi qo‘lga kiritgan natijalari va OFK talabi doirasida lisenziyalash majburiyatlarini to‘liq bajargani uchun yangi mavsumda OFK bayrog‘i ostidagi xalqaro musobaqada qatnashish xuquqini qo‘lga kiritdi.

Jamoa OCHL saralash bosqichi orqali guruh bosqichiga yo‘llanma olishga harakat qiladi. Saralash doirasida dastlab o‘tgan yilgi natijalarga ko‘ra Iroqning ikkinchi jamoasi bo‘lgan «Al Quva Al Javiya» bilan safarda bellashadi. Agarda ushbu to‘siqdan o‘tish uddalansa, keyinchalik pley-off bosqichida Qatarning to‘rtinchi jamoasi bo‘lgan «Al Garafa» bilan guruh bosqichi yo‘llanmasi uchun yana mehmonda bellashadi.

Jamoaning bo‘lajak raqiblari — «Al Quva Al Javiya» ayni paytda Iroq chempionatida 12-turdan keyin 22 ochko jamg‘argan holda 3-o‘rinni egallab turibdi. Ehtimoliy keyingi raqibimiz Qatarning «Al Garafa» jamoasi esa 11-turdan so‘ng 22 ochko to‘plagan holda 2-pog‘onani band etmoqda.

AGMK OCHL guruh bosqichiga yo‘llanma olmagan taqdirda ham yangi mavsumda xalqaro musobaqada ishtirok etadi. OCHL saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tilmagan taqdirda jamoamiz ishtirokni OFK kubogi guruh bosqichida davom ettiradi.

AGMK OCHL guruh bosqichiga chiqadigan bo‘lsa, unda OFK kubogida yurtimizning boshqa klubi Qarshining «Nasaf» jamoasi qatnashadi.

OCHL va OFK kubogining yangi mavsumiga qur’a tashlash marosimi va o‘yinlar sanasi esa keyinroq OFK tomonidan e’lon qilinadi.

Manba: www.fc-agmk.uz
Kiritildi: 13:01, 03.01.2021.
O'qildi: 6940 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.