Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Diyor Imomxo‘jayev: "OFK klublar ishtirokidagi xalqaro musobaqalar sanasini bir necha kun ichida uzil-kesil hal etilsa kerak"

Diyor Imomxo‘jayev: "OFK klublar ishtirokidagi xalqaro musobaqalar sanasini bir necha kun ichida uzil-kesil hal etilsa kerak"

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

OFK klublar ishtirokidagi xalqaro musobaqalar sanasini bir necha kun ichida uzil-kesil hal etsa kerak.

Aniq bo‘lib turgani, OFK kubogining guruh bosqichi markazlashgan holatda 14-20 may kunlarida bo‘lib o‘tadi. Bungacha Chempionlar ligasining guruh bosqichi ham may oyida bo‘lib o‘tishi mumkin edi. Ammo bilishimizcha, OFK Chempionlar ligasi guruh bosqichini aprelda o‘tkazishi mumkin. Bu Ramazon oyiga to‘g‘ri keladi.

O‘zPFL Chempionlar ligasining guruh bosqichi o‘yinlarini ham may oyida o‘tkazish taklifini bildirgan. Bu bizning ichki taqvimga qulaylik yaratib berishi mumkin. Ya’ni, xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini himoya qilmaydigan klublar bu vaqtda O‘zbekiston kubogi uchun kurashni boshlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

O‘zPFL har uchala klub — "Paxtakor", AGMK va "Nasaf" xalqaro maydonda to‘p surishini ko‘zlab taklif bergan. Bu AGMK klubiga bog‘liq. Shundan kelib chiqib, barchamiz OCHL saralashida AGMK uchun muxlislik qilamiz. Biroq uning OCHL guruh bosqichida to‘p surishi yoki surmasligi va shuning barobarida "Nasaf"ning OFK kubogida yo o‘ynashi yoki o‘ynamasligi baribir aprelgacha ma’lum bo‘lmaydi (agar AGMK mart oyidagi saralashda imkoniyatni boy bermasa).

Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning sentyabr oyida "Paxtakor" OCHL uchun Qatarga yo‘l olganida, qolgan klublar Superligani davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bunga erishish uchun sentyabrning dastlabki 10 kunligida, ya’ni, Toshkentda bo‘lib o‘tgan markazlashgan ligadan keyingi kunlarda ham "Paxtakor"ni ketma-ket uch o‘yinda maydonga tushirishga majbur bo‘ldik (bu vaqtda qolgan klublar kichik ta’tilda bo‘ldi). E’tibor qiling, "Paxtakor" markazlashgan Superligada ketma-ket 4 ta, keyin 10 kun ichida yana 3 ta va undan keyin Qatarda ketma-ket yana 4 ta o‘yin o‘tkazishga majbur bo‘ldi. O‘ziga xos boksing-dey.

Manba: Диёр Имомхўжаев телеграм канали
Kiritildi: 11:34, 05.01.2021.
O'qildi: 3132 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик