Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

O‘zPFL «Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha reglament»ning yangi tahririni ishlab chiqdi

O‘zPFL «Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha reglament»ning yangi tahririni ishlab chiqdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Biz ba’zi masalalarda kechikyapmiz. Ammo ulgurishga harakat qilyapmiz. Pandemiya sabab musobaqalarni juda kech yakunladik. Pandemiya OFK rejalarini o‘zgartirib yubordi: qator turnirlar qoldirildi, eng oldi turnirlar sanalarini va joylarini aniqlashda murakkabliklar mavjud.

Biz bugun klublarga “Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha reglament”ning yangi tahririni taqdim etdik. So‘nggi 7-8 yilda mazkur Reglament e’tibordan chetda qolib kelavergan. Futbolchilar huquqlarining buzilishi, shartnomalardagi o‘zboshimchaliklar, Turg‘unboyev ishiga o‘xshash masalalar, xorijga ketayotgan futbolchilar yoki umuman ichki transferlar vaqtidagi mashg‘ulot kompensasiyalari, birdamlik mexanizmi bo‘yicha to‘lovlar, FIFA kunlari, termalarning rasmiy o‘yinlari va bunda assosiasiyalar hamda klublar o‘rtasidagi munosabatlar, futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va shular kabi qator masalalar aynan shu Reglament orqali tartibga solinadi.

Bunda bolalar futbolida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi qator bandlar borki, agar ularga to‘liq amal qilib ishlasak, futbolimiz ancha tartibga keladi. Aynan shu reglament asosida FIFA klublarimizga band qo‘yadi, aynan shu asosida legioner futbolchilar klublarimizga muammo tug‘diradi, shu bilan klublar va futbolchilar o‘rtasidagi munosabatlar tartibga solinadi, o‘z haqlarini undira olmayotgan futbolchilar shu reglament yordamida o‘z haqlarini talab qiladilar. Bolalar futbolida igna bilan quduq qaziyotgan mutaxassislar shuning yordamida mehnatlariga yarasha haq olish imkoniga ega bo‘lishadi. Klublar o‘zlari tarbiya qilgan futbolchilar uchun shu orqali haq talab qilishadi.  

O‘FA Ijroqo‘mida biz tashkilot ustaviga o‘zgartirish kiritish hamda Nizolarni hal qilish palatasini tashkil etish masalasini ko‘tardik va bu ishni amalga oshirish uchun ruxsat oldik. Ya’ni, kemtiklarni sekin-asta to‘ldirishga kirishdik.

Yuqoridagi Reglament va undagi qiziq jihatlarni video yoki biror telekanaldagi chiqish orqali albatta batafsil tushuntirishga ham harakat qilamiz. Reglament shoshilinch va tig‘iz pallada o‘zgarishlarga yuz tutdi, unda kichik xatolar bo‘lishi katta ehtimol, u FIFA bilan kelishish uchun taqdim etiladi va unga qadar klublar bilan ishlanadi. Reglamentda ko‘ringan kamchiliklar har yili yangilab, tuzatib boriladi, bu bizga 2-3 yil ichida tom ma’noda puxta ko‘rinishga kelgan Reglamentni taqdim etishi mumkin. Faqatgina ishlashdan va izlanishdan to‘xtamasligimiz kerak.

Mazkur Reglamentdagi o‘zgarishlar yuzasidan biz Futbolchilar uyushmasi bilan hamkorlikda ishladik. Fursatdan foydalanib ularga ham minnatdorchilik bildiramiz.

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: @diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 14:48, 08.01.2021.
O'qildi: 1854 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.