Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

«Bunyodkor» AGMK yoshlari bilan o‘ynadi

«Bunyodkor» AGMK yoshlari bilan o‘ynadi

Baho:
+ | -

Marat Miftaxuddinov murabbiyligidagi «Bunyodkor» bugun navbatdagi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.

AGMK jamoasining o‘rinbosarlariga qarshi o‘yinda murabbiylar shtabi to‘liq ko‘rikdagi va o‘tgan mavsumda ko‘proq zaxiradan maydonga tushgan futbolchilarning xizmatidan foydalandi. 2020 yilgi mavsumda jamoaning o‘zagini tashkil qilgan o‘yinchilar bellashuvdan avval mashg‘ulotlarda qatnashdi.

«Bunyodkor» akademiyasining sun’iy qoplamali maydonida bo‘lib o‘tgan bahsda darvozalar besh bor ishg‘ol etildi. Avvaliga mehmonlar ikki to‘p farqi evaziga hisobda oldinga chiqib olishdi. Sardor Abdunabiyev va Bunyod Turg‘unboyevning gollaridan so‘ng murabbiylar shtabi tarkibda o‘zgarishlarni amalga oshirdi. O‘zgarishlarning natijasi o‘laroq tanaffusga qadar hisob tenglashdi. Valeriy Akopov deyarli bir-biriga o‘xshagan hujumni golga aylantirib dublini nishonladi. Ikkinchi bo‘limda uchinchi gol ham mehmonlar darvozasidan joy oldi. Bahodir Daminov g‘alaba goliga mualliflik qildi.

Eslatib o‘tamiz, jamoamiz navbatdagi nazorat uchrashuvini 16 yanvar kuni Pro liga vakili «Oq-tepa»ga qarshi o‘tkazadi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
«BUNYODKOR» - AGMK (o‘rinbosarlar) – 3:2
Gollar
: Valeriy Akopov (2ta), Bahodir Daminov – Sardor Abdunabiyev, Bunyod Turg‘unboyev. 

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 16:10, 13.01.2021.
O'qildi: 1724 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик