Rossiya milliy terma jamoasi va «Zenit» klubi hujumchisi Artem Dzyuba jamoasining navbatdagi mashg‘ulot yig‘inlarida qatnasha olmaydi.
Sant-Peterburgliklar matbuot xizmatining xabar berishicha, klub yetakchisida koronavirus aniqlangani ma’lum bo‘ldi. Shaxsiy izolyatsiga olingan futbolchi endi jamoasining Dubaydagi yig‘inida ishtirok eta olmaydi.
Dzyuba karantinni 15-27 yanvar oralig‘ida uyida o‘tkazadi. Jamoaning qolgan a’zolaridan olingan qayta test natijasi manfiy chiqmaguncha «Zenit» rasmiy o‘yin o‘tkaza olmaydi.