Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

Eskirmaydigan savol: Ronaldu zo‘rmi yoki Messi?

Eskirmaydigan savol: Ronaldu zo‘rmi yoki Messi?

Baho:
+ | -

Millionlar o‘yini bo‘lmish futbol haqida eshitgan, bilgan va o‘ynagan istalgan odamni eskirmaydigan bir savol qiziqtirib keladi: Krishtianu Ronaldu zo‘rmi yoki Lionel Messi? Bunda har ikkala futbolchining personal muxlislari ma’lum o‘yinchining foydasiga tanlov qilsa, mutaxassis hamda ekspertlar ularni bir-biri bilan taqqoslamaslik zarurligini ta’kidlaydi. Shundan kelib chiqib, quyida nima uchun Messi va Ronalduni taqqoslamaslik kerakligi sabablariga to‘xtalib o‘tiladi.

Messi va Ronaldu maydonda turli pozisiyalarda o‘ynaydi

Agar o‘yinchilar xolisona taqqoslaganda ham, ularning turli pozisiyalarda o‘ynashi bunga imkon bermaydi. Messi maydonda erkin ijodkor bo‘lib, ma’lum bir vazifa bilan cheklanmaydi, u qanotda ham hujum ortida ham birdek foydali o‘ynashi mumkin. Ronaldu esa vaziyatlarni yakunlaydigan haqiqiy vahshiy. Aynan golli vaziyatlarni yakunlash bo‘yicha Ronaldu so‘nggi yillarda dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylandi. Ronaldu va Messi o‘rtasidagi taqqoslashni qabul qilish uchun hech bo‘lmaganda portugaliyalik «Manchester Yunayted»dagi dastlabki yillarida bo‘lgani kabi qanotda o‘ynashi kerak edi.

Ronaldu va Messining maydondagi vazifalari turlicha

Turli xil pozisiyalarda o‘ynash tabiiyki, Ronaldu va Messining maydondagi vazifalarini ham belgilab beradi. Murabbiylar ulardan turli maqsadlar yo‘lida foydalanadi, Andrea Pirlo portugaliyalikni yuqorida ta’kidlanganidek, vaziyatlarni yakunlashda foydalanadi. Messidan esa ajoyib uzatmalar, zarbalar berish va o‘yinni nazorat qilish talab qilinadi. Bu borada Messining o‘zi shunday degandi: «Ronaldu — yakunlovchi, men esa o‘yinni qurish bilan shug‘ullanaman!»

Messi va Ronalduni taqqoslash hech qaysi tomonning g‘alabasi bilan yakunlanmaydi

Odatda taqqoslashlar eng yaxshisini aniqlash uchun o‘tkaziladi. Shu mantiqqa asoslanib aytilsa, u yoki bu qarama-qarshilikda kimdir (yoki nimadir) g‘alaba qozonishi kerak. Biroq Messi va Ronalduning holatida bu imkonsiz ish, chunki butun dunyodagi odamlarning ikki afsonadan birining foydasiga tanlov qilishi ehtimoldan ancha yiroq.

Muxlislar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar futbolga zarar keltiradi

Qanchalik g‘alati eshitilmasin, Messi va Ronaldu o‘rtasidagi sun’iy ravishda kelib chiqqan raqobat dunyo futboliga zarar keltiradi: har kuni millionlab insonlar shu ikki futbolchidan birining yaxshiroq ekanini isbotlash uchun bir-birlari bilan bahslashadi, tortishadi, hatto haqorat qilishgacha ham boradi. Ehtimol, dunyoda biron bir taqqoslash bu darajaga yetib bormagan bo‘lsa kerak. Lekin har sohada bo‘lgani kabi futbolda ham insoniylik birinchi o‘rinda turishi kerak. Shunday ekan, Messi va Ronalduni taqqoslashni to‘xtatish vaqti yetdi.

Futbol kamsitish va haqorat emas, balki zavq ulashishi kerak

Futbol birinchi navbatda hissiyotlardan iboratdir, aynan shuning uchun ham ko‘pchilik ushbu sport turi bilan shug‘ullanadi, o‘ynaydi, tomosha qiladi. Va aynan shuning uchun tunlar bedor o‘tkaziladi, g‘alabalar va «kambek»lar olam-olam quvonch bag‘ishlasa, mag‘lubiyatlardan ko‘zlar yoshlarga to‘ladi. Messi va Ronaldu holatida ham shunday bo‘lishi kerak, aslida. Har hafta Messining jarima zarbalari yoki Ronalduning ikki metr balandlikdan urgan gollari, driblinglar, paslar, yangi rekordlarni ko‘rish qanday yoqimli. Shunday ekan, kim zo‘r ekani haqida bahslashish yoki janjallashgandan ko‘ra shunchaki ularning o‘yinidan zavq olish lozim. Boisi bu darajadagi futbolchilarning yana yetishib chiqishi ehtimoli kam.

Manba: Daryo.uz
Kiritildi: 10:05, 15.01.2021.
O'qildi: 9011 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.