Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta - Malaga

Rasman: "Paxtakor"ga yangi murabbiy tayinlandi

Rasman: "Paxtakor"ga yangi murabbiy tayinlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Gollandiyalik mutaxassis "Paxtakor" bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Shu kungacha jamoamizda yordamchi murabbiy sifatida ishlab kelgan gollandiyalik mutaxassis Piter Xyuistra endi "Paxtakor" bosh murabbiyiga aylandi. U Shota Arveladze bilan murabbiylar shtabida birga faoliyat yuritib kelayotgandi. Oxirgi yillarda shakllantirilgan hujumkor, chiroyli va muxlislarga ma’qul keladigan futbol falsafasiga asoslangan o‘yin uslubini yanada yaxshilab borishga urinish shu tariqa davom ettiriladi.

Piter futbolchilik faoliyatida Shotlandiyaning mashhur klublaridan biri "Glazgo Reynjers" sharafini besh mavsum himoya qilib, besh marta chempionlikka erishgani bilan mashhur. Shuningdek, Piter "Groningen", "Vendam", "Tvente", "Sanfrechche Xirosima", "Lyers" va "Rozendal" kabi klublarda o‘yngan. Gollandiya, Shotlandiya, Yaponiya va Belgiya chempionatlarida jami 413 bellashuvda 78 gol urishga erishgan. Gollandiya terma jamoasi tarkibida 1988-91 yillarda 8 o‘yinda maydonga tushgan.

Xyuistra murabbiylik ishini 2001 yil "Groningen" yoshlar jamoasida bosh murabbiy sifatida boshlagan. 4 yillik faoliyatidan so‘ng "Vitess" va "Ayaks" klublarida yordamchi murabbiy bo‘lib ishlagan. Keyin «Ayaks» yoshlar jamoasi, «Groningen», «De Graafsxap» klublarida va Indoneziya terma jamoasida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib bordi.

2017 yil iyun oyidan boshlab "Paxtakor"da yordamchi murabbiy sifatida ishlab keldi va jamoa g‘alabalariga o‘z hissasini qo‘shdi. Endilikda Piter bosh murabbiy lavozimida faoliyatini davom ettiradi.

Kiritildi: 16:02, 15.01.2021.
O'qildi: 7715 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик