Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 20:30 Yaponiya 1-0 O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza 1-2 Monpelye
03/05 23:45 Torino 0-0 Bolonya
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada

Bu — Zlatan

Bu — Zlatan

Baho:
+ | -

39 yoshida ham «Milan»ni «gullatayotgan» Ibrahimovich haqida nimalarni bilasiz?

1981 yil 3 oktyabrda tug‘ilgan Zlatan — Italiya A seriyasining «Milan» klubida, hujumchi vazifasida to‘p suruvchi shvesiyalik professional futbolchi. Ibrahimovich butun davr davomidagi eng yaxshi hujumchilardan biri sifatida tan olingan. U karyerasi davomida 31 sovrinni qo‘lga kiritganligi bilan dunyodagi eng sovrindor futbolchilardan biri ham hisoblanadi. Zlatan hozirgi kunga qadar 560 dan ortiq gol ura olgan.

Zlatanning bolalik davrlaridagi qahramoni braziliyalik «so‘yloqtish» Ronaldo bo‘lgan. Italiya futbolini katta qiziqish bilan kuzatadigan Ibra o‘zining xarakteriga mos bo‘lgan Gabriyel Batistutaning ham muxlisi edi.

Zlatan Ibrahimovich faoliyatini Shvesiyaning “Malmyo FF” jamoasida boshlagan. «Malmyo» Shvesiyaning eng ko‘p chempion bo‘lgan jamoasi, shuningdek, 14 karra milliy kubokni qo‘lga kiritgan va bu borada jamoa mamlakat rekordchisi hisoblanadi. Oradan 2 yil o‘tib Ibra «Ayaks» bilan shartnoma imzolaydi. «Ayaks»da Zlatan Yevropada porlashi kutilayotgan top-hujumchiga aylana oldi. «Ayaks»dagi 2 yillik faoliyatidan so‘ng «Yuventus»dan chaqiruv oldi va turinliklar bilan shartnoma imzoladi. U Italiya A seriyasida 2006 yili «Inter» klubiga o‘tishidan oldin, «Yuventus» tarkibida David Trezege bilan ajoyib juftlikka aylana oldi.

Ibrahimovich 2006-09 yillarda «neradzurri» bilan birgalikda A seriyada 3 ta titulga ega chiqdi va mavsum to‘purariga aylandi. 2009 yilning yozida Zlatan dunyoning eng qimmat transferlaridan biri sifatida «Barselona»ga ko‘chib o‘tdi va oradan hech qancha vaqt o‘tmasdan u yana Milan shahriga qaytib keldi. Bu safar u "Milan" libosini kiydi. Ibra 2010-11 yilgi mavsumda «rossoneri» bilan yana bir A seriyada Skudettoni yutib oldi.

Shvesiyalik futbolchi 2012 yilning iyul oyida Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubiga o‘tadi. Zlatan Fransiyada 4 mavsum to‘p tepdi va bu davr oralig‘ida 4 karra Fransiya chempioni va 3 karra chempionat to‘purari bo‘ldi. U 2015 yil oktyabr oyiga kelib, «PSJ» tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylanib oldi.

2016 yil Ibra “Manchester Yunayted” safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi va ilk mavsumdayoq Angliya Liga kubogi, Angliya kubogi hamda Yevropa Ligasi kuboklarini yutib oldi. Ibrahimovich 2018 yili AQSHning “Los Anjeles Geleksi” klubi bilan shartnoma imzolaydi. Oradan 2 yil o‘tib yana o‘zining sobiq klubi «Milan»ga qaytib keldi va hozirda «Milan» sharafini himoya qilib kelyapti.

Ibrahimovich 15 yildan oshiqroq faoliyati davomida, Shvesiya terma jamoasi tarkibida 100 dan oshiq uchrashuvda maydonga tushgan 10 futbolchining biri hisoblanadi. U terma jamoa tarkibida 62 gol kiritgan rekordchi va millat qahramonidir.

Zlatan Ibrahimovich 2013 yilda jahonning ramziy terma jamoasi tarkibidan o‘rin olgan. 2007, 2009, 2013, 20114 yillarda esa UYEFA tomonidan mavsumning eng yaxshi futbolchilaridan tuzilgan jamoa tarkibidan o‘rin olgan. 2013 yil “Oltin to‘p” so‘rovnomasida 4-o‘rinni olgan.

Zlatan garchand Chempionlar ligasini yuta olmagan bo‘lsada, UYEFA tomonidan unga nisbatan yuqori baho berilgan. 2019 yilda FourFourTwo jurnali tomonidan Chempionlar ligasini yuta olmagan eng buyuk uch futbolchidan biri deya ta’rif berildi. 2014 yil dekabrda Shvesiya gazetalaridan biri Zlatan Ibrahimovichni tennischi Byorn Borgdan keyin mamlakatning eng buyuk 2-raqamli sportchisi deb nomladi.

Maydondan tashqarida Ibra o‘zining noodatiy qiliqlari, g‘ayritabiiy intervyulari va qo‘shtirnoq ichidagi «jinniliklari» bilan ajralib turadi. 40 yoshli futbolchi bu yilgi mavsumda A seriyaning 8 ta uchrashuvida maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ibrohim Jalolov tarjimasi.

Kiritildi: 10:37, 21.01.2021.
O'qildi: 4724 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.