Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Vadim Yevseev: «O‘runovning salohiyati yuqori»

Vadim Yevseev: «O‘runovning salohiyati yuqori»

Baho:
+ | -

«Ufa» klubi sobiq bosh murabbiyi Vadim Yevseev "Sport-Ekspress" nashriga bergan intervyusida «Spartak» yarim himoyachisi Oston O‘runov haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

– Siz Oston O‘runovni yaxshi bilasiz, u bilan «Ufa»da birga ishlagansiz. Nima deb o‘ylaysiz, futbolchi Moskva va «Spartak» muxlislari bosimiga dosh bera olmadimi yoki yana kutishimiz kerakmi?

– U 19 yoshda ekanini unutmang. Bunday yoshda har qanday kishi yangi klubga moslashib keta olmaydi. O‘runov Rossiya chempionatiga kelganiga hali ikki yil bo‘lgani yo‘q.

Unga vaqt va murabbiyning ishonchi zarur. Ko‘p narsa murabbiyga bog‘liq. Lekin «Spartak» kabi jamoada har qanday murabbiy darhol natija ko‘rsatishi kerak.

Ostonning salohiyati yuqori. Jismoniy jihatdan u yetuk o‘yinchilardan qolishmaydi. Masalan, uning jismoniy ko‘rsatkichlari Vlashichniki bilan bir xil. Mushaklar vazni ularda bir-biriga yaqin. Tezlikda aldab o‘tish, maydonni ko‘ra olish, zarba — unda barcha narsa bor!

Ammo biz Xorvatiya terma jamoasi a’zosi, SSKAga qadar APLning «Everton» klubida o‘ynagan futbolchi bilan O‘zbekiston chempionatidan kelgan o‘yinchini taqqoslayapmiz. Shuningdek, ularning yoshi turlicha. Vlashich yetuk o‘yinchi sifatida kelgan bo‘lsa, O‘runov endi boshlamoqda. Ehtimol, doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun ijaraga o‘tishi kerak.

U «Spartak» klubiga o‘tgunga qadar, SSKA unga qiziqish bildirgandi. Yuz foiz. Aslida SSKA yanvar oyida unga viza qilib bera olmagani uchun Oston «Ufa» safiga qo‘shilgandi. Shuningdek, unga "Rubin" ham da’vogarlik qilgandi. Avgust oyida qozonliklar bilan o‘ynaganimizda jamoa bosh murabbiyi Sluskiy mendan O‘runov haqida batafsil ma’lumotlarni so‘ragandi.

– O‘runov mentilitet jihatdan jiddiy klubda o‘ynashga tayyormi?
– Kamtar, og‘ir-bosiq yigit. Maqtanchoq emas.

– Uning instagramga qo‘ygan surati borasida nima deya olasiz?
– Bo‘lar ish bo‘ldi — nima muammo? Men uchun muhimi shuki, u mashg‘ulotda o‘yinni o‘ziga olishdan, aldab o‘tishdan qo‘rqmasdi. Jamoadoshlari, albatta, bundan jahli chiqardi. Bir marta unga nisbatan qo‘pol o‘ynashgandi. Ammo u na og‘riqni, na tajovuzkorlikni ko‘rsatgan edi. O‘runov og‘riqqa sabr qilishni biladi. O‘ylashimcha, uning kelajagi porloq.

Manba: sport-express.ru
Kiritildi: 11:22, 23.01.2021.
O'qildi: 3416 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик