Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

Ertaga «Yuventus» – «Bolonya» o‘yini bor (anons)

Ertaga «Yuventus» – «Bolonya» o‘yini bor (anons)

Baho:
+ | -

O‘tgan turda Sinisha Mixaylovich murabbiyligidagi “Bolonya” “Verona”ni mag‘lub etib, 2020 yilning 29 noyabr kunidan boshlangan klub uchun og‘ir davrdan chiqib oldi. Shunday bo‘ldi-ki, hatto raqib jamoa murabbiyi ham o‘yindan keyin “Bolonya” g‘alabaga munosib o‘ynaganini tan oldi. Klub turnir jadvali o‘rtasiga (12-o‘rin) yaqinlashib, yakuniy maqsadi bo‘lgan hududlarga kelib oldi. O‘tgan mavsum 38-turdan keyin Mixaylovich klubi aynan shu o‘rinni egallagan edi. Tarkib e’tibori bilan bu jamoa Yevrokuboklar uchun kurashishi qiyin ochig‘i. Mussa Barrou, Rodrigo Palasio, Rikardo Orsolini va Lorenso de Silvestri kabi futbolchilar o‘yinda ko‘p narsani hal qiladi.

Gapni “Bolonya”dan boshladim-u, biroq hamma tushunib turibdi-ki bu jamoa autsayder. Favorit esa – “Yuventus”. “Inter”ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng superkubokda “Napoli”ni yengib yildagi ilk titulni qo‘lga kiritgan Pirlo shogirdlarini A seriyada hozirdanoq chempionlik kurashidan chiqarib qo‘yishmoqda. Klub yetakchidan 10 ochko ortda qolmoqda (bitta qoldirilgan o‘yini bor). "Yuventus" Ronaldu Turinga ko‘chgandan beri ilk bor chempionatda shunday murakkab vaziyatda va aynan u barcha yukni o‘z zimmasiga oladigan vaqt keldi. O‘zi shundoq ham u katta ishni bajarayotgandi, deysizmi? Albatta – ha. Biroq, endi uning qahramonliklarida qiymat 10 barobar oshadi. Krishtianu “Napoli”ga qarshi so‘nggi o‘yinda bu vazifani boshlab ulgurdi. “Bolonya” bilan ham hammasi oson bo‘lishi kerak.
 
Amalda nima yuz berishini birga ko‘ramiz!

24-yanvar, soat 16:30, Futbol TV.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 20:22, 23.01.2021.
O'qildi: 1957 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.