Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

"Qo‘qon-1912": "Musobaqani g‘alaba bilan boshladik"

"Qo‘qon-1912": "Musobaqani g‘alaba bilan boshladik"

Baho:
+ | -

“Qo‘qon-1912” jamoasi bugun Farg‘onada davom etayotgan “Viloyat hokimi kubogi-2021”dagi ishtirokini boshladi. Vakillarimizning guruh bosqichidagi birini raqibi – “Andijon” klubi bo‘ldi. O‘yin kutilganidek futbolchilarimizning shiddatli hujumlari bilan boshlandi. 5-daqiqada futbolchilarimiz hisobni ochishdi. Qanotdan oshirib berilgan to‘pni Shohnazar Norbekov boshi bilan raqib darovozasiga joyladi. 22-daqiqada futbolchilarimiz hisobni oshirishlari mumkin edi. Meliyev qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. 29-daqiqada jarima to‘pi tepish huquqiga ega bo‘ldik. Murod Xolmuhammedovning kuchli zarbasini raqib posboni katta qiyinchilik bilan bartaraf etdi. 35-daqiqada Norbekov qulay imkoniyatga ega bo‘lgandi. Uning zarbasini raqib darvozaboni qiyinchilik bilan bartaraf qildi. 42-daqiqada Avazxon Mamatxo‘jayev chiroyli uzatma bilan Mo‘min Meliyevni juda qulay vaziyatga chiqargan edi. Mo‘minjonning darvoza tomon yo‘llagan zarbasini andijonlik yosh darvozabon qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. 45-daqiqada raqilarimiz hisobni tenglashtirishdi. Davron Farhodov darvozamizni ishg‘ol etdi. Tanaffusga jamoalar shu hisobda chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo‘limni ham vakillarimiz faol tarzda boshlashdi. 57-daqiqada futbolchilarimiz hisobda oldinga chiqib olish uchun qulay imkoniyatga ega bo‘lishgan edi. Mo‘min Meliyev deyarli ochiq qolgan darvozaga to‘pni yo‘llagan edi. So‘nggi pallada raqib himoyachisi to‘p yo‘liga to‘g‘anoq bo‘lishga ulgurdi. 74-daqiqada ketma-ket hujumlarimiz samara keltirdi. Zaxiradan maydonga tushgan Sobit Sindarov raqib darvozasini aniq nishonga oldi. 80-daqiqada vakillarimiz raqib darvozasiga uchinchi to‘pni kiritishdi. Gol muallifi – Sardor Azimov bo‘ldi.

O‘ynning oxirgi daqiqalariga qadar hisob o‘zgarishsiz qoldi va shu tariqa vakillarimiz musobaqani g‘alaba bilan boshlashdi.

"VILOYAT HOKIMI KUBOGI- 2021"

"D" guruhi.

1-tur.

“Qo‘qon-1912” – “Andijon” – 3:1 (1:1)

Hakamlar: Olim To‘ychiboyev, Ismoil Tolibjonov, Amoriddin Saidov.

Gollar: Shohnazar Norbekov (5), Sobit Sindarov (74) , Sardor Azimov(80) - Davron Farhodov (45).

“Qo‘qon-1912”: Muzaffar Abdullayev, Bobur Akbarov, Avaz Mamatxo‘jayev, Oybek Rustamov (Iqbol Malikjonov – 67), Farhod Bekmurodov (Sobit Sindarov – 60), Rustam Abduhamidov (Azamat Isroilov – 71), Muhammadanas Hasanov (Sardor Azimov-55), Aleksandr Merzlyakov (Shoxrux Xolmatov – 76), Shohnazar Norbekov (Sardor Yetovqo‘ziyev – 76), Mo‘min Meliyev, Murod Xolmuhammedov (Muhsin Normatov – 76).

Zaxira: Xurshid Xo‘jayev, Eldor Adhamov.

“Andijon”: Anvar Nazirov, Muhammadali Tursunov, Islom Mamatkazin, Abdulatif Oybekov, Ahmad Muqimjonov, Shukur Po‘latov, Shoxrux Rahmiddinov, Asad Karimov, Muhammad Umarov, Davron Farhodov, Izzat Abdulhaqov.

Zaxira: Faxriddin Ahmadov, Muhammadali Jo‘rayev, Abduvosit Vositxonov, Aburayhon Orifjonov, Odil Rustambekov, Hojiakbar Mo‘minov, Boburmirzo Nizomov.

Manba: Қўқон-1912 матбуот хизмати
Kiritildi: 15:58, 24.01.2021.
O'qildi: 1868 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.