Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

A seriya. «Jenoa» muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi

A seriya. «Jenoa» muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 19-turi doirasida «Jenoa» o‘z uyida «Kalyari»ni qabul qilib, muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Genuyaliklar bahsning 10-daqiqasida hisobni ochishdi. Shomurodov o‘ng tomondan jarima maydoniga kirdi. Hamyurtimiz ikki himoyachi qurshovida bo‘lishiga qaramay, to‘pni Strotmanga yetkazdi. U esa qulay joyda ochilgan Destroni to‘p bilan ta’minladi. Mattiya aniq zarba bilan darvozani zabt etdi.

Shomurodov birinchi bo‘lim so‘ngida juda qulay imkoniyatga ega bo‘ldi. Darvozaga yaqin joyda hamyurtimiz to‘pni posbonning ustidan oshirib gol urishga harakat qildi. Ammo to‘p yuqoridan o‘tib ketdi.

Ikkinchi bo‘limda tashabbus "Kalyari" tomonida bo‘ldi. Shomurodov esa 77-daqiqada yengil jarohat olgani uchun zaxiraga olindi. "Jenoa" g‘alabani saqlab qolgancha o‘z ochkolarini 18taga yetkazdi va 15-pog‘onaga ko‘tarildi.

Italiya A seriyasi, 19-tur
Jenoa – Kalyari 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 10 Destro.
Jenoa – Perin, Krishito, Dzappakosta, Masyello, Chiborra (Ongene, 56), Strotman (Bexrami, 63), Radovanovich, Badel, Zays (Melegoni, 77), Destro (Pandev, 62), Shomurodov (Pyasa, 77).
Kalyari – Kranyo, Likoyannis, Godin, Dzappa, Cheppitelli, Dankan (Sottil, 70), Nainggolan (Pereyro, 85), Marin, Nandes, Joao Pedro, Simeone (Cherri, 70).
Ogohlantirishlar: Destro (18), Nandes (20), Dzappa (85).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:04, 24.01.2021.
O'qildi: 6403 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик