Kirish Ro'yxatdan o'tish

Piter Xyuistra qur’asi haqida: «Guruhimiz yaxshi jamoalardan shakllandi»

Piter Xyuistra qur’asi haqida: «Guruhimiz yaxshi jamoalardan shakllandi»

Baho:
+ | -

"Paxtakor" bosh murabbiyi Chempionlar Ligasining qur’asi xususida o‘z fikrlarini bildirdi.

- Chempionlar Ligasidagi raqiblarni qur’a marosimidan so‘ng bilib oldik. Birinchi raqibimiz "Sharja" juda yaxshi jamoa. BAA chempioni va ularni "Shabab Al-Ahli"ga qiyoslasak bo‘ladi. Bizni juda ajoyib ikki o‘yin kutmoqda. Ikkinchi raqibimiz esa "Traktor" Eronning barcha jamoalari kabi kuchli. To‘g‘ri, ular "Persepolis" emasdir, ammo baribir yaxshi shakllangan va qiziqarli raqib. Uchinchi jamoani esa saralash o‘yinidan keyin bilib olamiz. Saudiya Arabistonining "Al-Vahda" yoki Iroqning "Eyr Fors" klubi raqibimizga aylanadi. Guruhimizda yaxshi saviyadagi jamoalar to‘plangan deb o‘ylayman.

Biz qur’adan qoniqdik. "Paxtakor" guruh bosqichida o‘ynash borasida ustunlikka ega. Biz guruhdan o‘tishni istaymiz. Buning uchun bor imkonimiz bilan mehnat qilamiz.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 12:45, 28.01.2021.
O'qildi: 3400 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик