Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

Superligada nechta jamoa ishtirok etishi ma’lum qilindi

Superligada nechta jamoa ishtirok etishi ma’lum qilindi

Baho:
+ | -

Agar Yevropa Superligasi tashkil etilsa, ushbu musobaqada nechta jamoa ishtirok etishi ma’lum qilindi.

Klublar UYEFA va FIFAdan chaqiriq so‘rashga va yangi turnirni 2022/23 yilgi mavsumdan boshlashga tayyor ekanligini bildirishdi.

Ushbu musobaqada 20 ta klub ishtirok etadi, ularning 15 nafar muntazam ishtirokchiga aylanadi. Bular «Inter», «Milan», «Yuventus», «Arsenal», «Chelsi», «Liverpul», «Tottenxem», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted», «Atletiko», «Barselona», «Real», «Bavariya», «Borussiya D» va «PSJ».

Ishtirok etadigan klublarning har biriga yiliga 350 million yevro daromad kafolat etiladi. Jamoalar ikki guruhga bo‘lishini va ularda 10 tadan klub ishtirok etishi ehtimoli bor.

Har bir guruhning dastlabki 1-4-o‘rinni egallagan jamoalar pley-off bosqichida ishtirok etadi, deb xabar tarqatmoqda Football Italia.

Shu bilan birga, UYEFA YECHLning yangi formatini joriy etishni rejalashtirmoqda. Ular 2024 yildan 2027 yilgacha bo‘lgan davrda musobaqani yangi sxema bo‘yicha tashkil qilmoqchi. Yangilangan turnirda har bir klub kamida 10 ta o‘yin o‘tkazadi.

Kiritildi: 17:47, 28.01.2021.
O'qildi: 12554 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.