Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Shahboz Erkinov: «Yosh futbolchilarning intiluvchanligi yoqdi»

Shahboz Erkinov: «Yosh futbolchilarning intiluvchanligi yoqdi»

Baho:
+ | -

Farg‘onada davom etayotgan «Hokim Kubogi» doirasida chorak finalga yo‘l olgan «Bunyodkor» ertaga Qirg‘izistonning «Nur Batken» jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. Biz jamoamizning tajribali hujumchisi, «qaldirg‘ochlar»ni guruh peshqadamiga aylantirgan gol muallifi Shahboz Erkinovning fikrlari bilan qiziqdik.

- «Neftchi-2»ga qarshi o‘yin qiziqarli kechdi, deya olaman. Raqib safida yosh futbolchilar harakat qilgan bo‘lsa-da, bizga jiddiy qarshilik ko‘rsatishga intilishdi. Hayajon bilan to‘p surishgani ko‘rindi, ammo bolalar borlarini berib yugurishdi. Menga ularning intiluvchanligi, harakatchanligi yoqdi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, «Navbahor farm» bilan bo‘lgan bellashuvda ham o‘yinimiz biroz qovushmagandi, «Neftchi-2»ga qarshi bahsda ham shu holat takrorlandi. Buni ruhiyat bilan bog‘liq, deb bilaman. Futbolchilar raqibga qarshi tayyorgarlik ko‘radi. Bu o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladi. Oddiy misol, «Turon-2» aralash tarkibni maydonga tushirdi. Jamoa safida tajribali o‘yinchilar bor edi. O‘z-o‘zidan biz ham bu raqibga boshqacha kayfiyatda maydonga chiqdik va yaxshi o‘yin namoyish qildik. O‘yinimiz qovushdi, harakatlarimiz o‘xshadi. Shuning uchun buni tabiiy qabul qilsa bo‘ladi. Guruhdan chiqdik, endi buyog‘iga kuchsiz jamoalar yo‘q. Shuningdek, g‘olib musobaqani davom ettiradi, mag‘lub turnirni tark etadi. Chorak finalda Qirg‘iziston jamoasi bilan o‘ynaymiz. O‘ylaymanki, bundan keyin jiddiy raqiblarga qarshi bahslarda o‘z o‘yinimizni namoyish etishga harakat qilamiz va ko‘zlagan maqsadimizga yetamiz!

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 12:22, 29.01.2021.
O'qildi: 2419 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик