Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Nigeriyalik 7 nafar o‘smir futbolchi aldov yo‘li bilan O‘zbekistonga olib kelingani ma’lum qilindi

Nigeriyalik 7 nafar o‘smir futbolchi aldov yo‘li bilan O‘zbekistonga olib kelingani ma’lum qilindi

Baho:
+ | -

Nigeriyalik yetti nafar yosh yigit professional futbol bilan shug‘ullanish taklifi bilan O‘zbekistonga aldov yo‘li bilan olib kelingani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda The Guardian’ga tayanib «Gazeta.uz» xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, eng kamida yetti nafar 16—19 yoshli nigeriyalik o‘smirlar 2020 yilning dekabrida Nigeriyadan O‘zbekistonga olib kelingan. Ularni asli nigeriyalik bo‘lgan va o‘zini futbol agenti deb tanishtirgan shaxs olib kelgan.

«Men agentga 6 ming dollar berdim, shundan 3,9 ming dollari viza to‘g‘rilash, chipta olish va boshqa xarajatlarga ketdi.

Agent ota-onamga meni ikkinchi divizionda to‘p surishim va yaxshi pul ishlashimga va’da berib, ularni ko‘ndirdi. Shuningdek, u meni oliy divizion klubiga olib chiqishini aytdi. Biroq dekabrda O‘zbekistonga yetib kelgach, u endigina 14 yoshgacha bo‘lgan bolalardan iborat klub ochganiga guvoh bo‘ldim», — deydi voqea ishtirokchisi bo‘lgan 16 yoshli Onyeka Benson.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yoshlarni olib kelishdan oldin ularning ko‘nikmalari baholanmagan, hattoki ularning o‘yin videosi ham ko‘rilmagan. Yigitlardan biri O‘zbekistonga kelib vaziyatni tushungach, o‘z yurtiga qaytishga muvaffaq bo‘lgan. U o‘zini agent deb tanishtirgan odam bilan tortishib qolgan. Qolganlar esa vizasini uch oyga uzaytirgan. Fevral oyida ularning viza muddati tugaydi.

Ingliz nashri bu borada «Mash’al» klubi va Nigeriya terma jamoasi futbolchisi Ifeani Ifeanining fikrlari bilan qiziqdi.

«Men ularning ba’zilari bilan Toshkentda ko‘rishdim. Yigitlar bu yerga futbol o‘ynashga kelgani haqida aytdi va men ulardan qaysi klub safiga o‘tgani haqida so‘radim, ular javob bera olmadi. Ular bu yerda qanday kun kechirayotgani haqida o‘ylayapman.

Hammasining tarixi bir xil. Barchasi ulardan pul olib, bu yerga olib kelgan va keyin tashlab ketgan odamga borib taqaladi. Umid qilamanki, bir kun kelib bu odam (o‘zini agent deb tanishtirgan shaxs — izoh «Daryo») bilan ko‘rishaman va undan bu bolalarni nima uchun olib kelayotganini so‘rayman», — Ifeani.

Ifeani Ifeanining aytishicha, ular (Nigeriyadan yoshlarni olib kelayotganlar) ikki kishi va ular yoshlarni hech qanday rejalarsiz olib kelmoqda. «Yigitlarning ba’zilarini kuzatib, ular professional futbol bilan shug‘ullanishga tayyor emasligini aytish mumkin», — deydi «Mash’al» futbolchisi.

The Guardian xabarida aytilishicha, dunyo bo‘ylab har yili turli hududlardan Yevropaga 15 mingdan ortiq bolalar futbolchilik faoliyatini boshlash maqsadida aldov yo‘li bilan olib boriladi. Asosan ular futbol klublaridan hech qanday takliflarga ega bo‘lmaydi, shunday bo‘lsa-da omadi kelishiga umid qilib bir nechta mamlakatlarga boradi. Muvaffaqiyatsizlikka uchragach esa ular o‘z yurtlariga qaytib borishni xohlamaydi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:30, 29.01.2021.
O'qildi: 10432 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.