Jahon futbol olamida shunday shaxslar borki, ular o‘zlarining o‘yinlari, gollari, harakatlari va butun boshli faoliyati bilan eslanishlari barobarida yana bir jihat bilan futbol ishqibozlarining doimiy e’tibori markazida. Bu shunday qiziqarli jihat ya’ni ism va familiyalardir. Futbolchilar va futbol jamoatchiligi orasida ism va familiyalarning muxlislar tomonidan turli xil talaffuz qilinishini kuzatish mumkin. Deylik, o‘sha Kevin de Bryuyne (de Breyne, de Brayne), Uesli Sneyder (Snayder), Robert Levandovski (Levandovskiy), Frenk Lempard (Lampard), Eder Militana (Militao) kabilar. Demak, biz mana shunday “tortishuvli“ ism va familiyalarning bazi eng mashxur va qiziqarlilarini etiboringizga havola etamiz.
Xavi(Xavi)
Zamonamizning eng yaxshi pleymeykerlaridan biri. 2 karra Yevropa chempionligi, 4 marotaba YECHL g‘olibi va 1 marta jahon chempionligi unvoni. 41 yoshli "Barselona" afsonasining eng ko‘zga ko‘ringan ko‘rsatgichlari ayni mana shular. Ammo, bugun biz afsonaviy ispaniyalik futbolchining yutuqlarini muhokama qilmaymiz. Balki, u bilan bevosita bog‘liq boshqa, biroz qiziqarli mavzu haqida gaplashamiz. Yulduzli yarim himoyachi nomini talaffuz qilish millionlar o‘yinining ko‘plab muxlislari o‘rtasida doimiy bahslarga sabab bo‘ladi. Futbolchi, Ernandes nomi bilan chaqirilmaganidan so‘ng - Xavi, Chavi, Shavi, va hatto Ksavi deb ham atalgan. Demak, bu yerda qaysi variant to‘g‘ri, javob berish qiyin, chunki katalon va ispan tillarida ismlarning talaffuzi boshqacha. Agar siz ispancha versiyani tanlasangiz, u Xavi, Kataloniyada bo‘lsa, biroz boshqacha ya’ni Shavi deb talaffuz qilinadi. Ingliz tilidagi manbalarda bu borada yakdillik yo‘q. Ammo, aksariyat muxlislar va mutaxassislar “Barselona“ ning sobiq yarimhimoyachisi nomini “Xavi“ deb talaffuz qilishadi.
Jerdan Shakiri(Xherdan Shaqiri)
Shveysariya ko‘p tilli mamlakat sifatida tanilgan. U yerda bir vaqtning o‘zida to‘rtta til ishlatiladi: nemis, italyan, fransuz va roman. Shu sababli, ushbu mamlakat terma jamoasi a’zosi hisoblangan ba’zi futbolchilarning nomlari turlicha talaffuz qilinishi ajablanarli emas. Agar futbolchining alban yoki kosovar ildizi bo‘lsa, vaziyat boshqacha bo‘ladi. Xo‘sh, "Liverpul" vingeri Jerdan Shakirining ism va familiyasi qanday talaffuz qilinadi? Javob oddiy, agar siz albancha versiyadan foydalansangiz, Jerdan Shakiri deb atashingiz mumkin. Agar u Romancha bo‘lsa, unda ism biroz yumshoqroq, Cherdan deb talaffuz qilinadi. Xuddi shu narsa Shveysariya terma jamoasining yana bir o‘yinchisi Granit Jaka nomi bilan ham bog‘liq. Yani, Alban tilida Jaka (Xh), Roman tilida esa - Chaka (Sh).
Dirk Kyuyt(Dirk Kuyt)
Endi gollandiyalik nomlarga o‘tamiz. Kyuyt, Kuyt, Kyoyt, Keyt, Kayt, Kaut, Kyaut - Niderlandiya terma jamoasi sobiq yetakchisining familiyasi shunday ko‘rinishlarda uchraydi. Ammo, faqat bitta variant to‘g‘ri deb hisoblanadi. U ham bo‘lsa, Dirk Kyuyt. Bu erda hamma narsa oddiy, asosiysi “uij“ tovushini qanday talaffuz qilinishinidir. Demak, tovush - bu bitta bo‘g‘inda undoshlar bilan ajratilmagan ikkita unli tovushning birikmasi. Golland tilida Kyoytning ismi va familiyasi “Dirk Kujit“ deb yozilgan. Rus tilidagi "uij" tovushi "yoy" ("o" ga yaqin "yo") deb tarjima qilinadi. Demak, Dirk Kyoyt tug‘ri ammo, agar biz golland tilining mintaqaviy xususiyatlari jihatidan gapiradigan bo‘lsak, u holda talaffuz biroz boshqacha bo‘lishi mumkin. Masalan: Keyt yoki Kyuyt.
Fil Yagelka(Phil Jagielka)
Garchi, mashhur futbolchi bo‘lmasada, faoliyati davomida u Angliya terma jamoasida 39 o‘yin o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgan. Shu bilan birga, "Sheffild Yunayted" va "Everton" klublari afsonasiga ham aylangan. Filning ismi ko‘pincha futbol ishqibozlarida chalkashliklarni keltirib chiqaradi. Bunda, "Jagelka" va "Yagelka" - qaysi biri to‘g‘ri degan savol ko‘ndalang qo‘yilishi mumkin. Shuni esda tutish kerakki, Filning polshalik ildizi bor, shuning uchun to‘g‘ri variant sifatida Yagelka deb atash o‘rinli bo‘ladi.
Yozua Kimmix(Joshua Kimmich)
"Bavariya" yetakchilarining ismi-sharifi borasida ham bahs-munozaralar bo‘lib turadi. Bu haqida ko‘p gapirib o‘tirmasdan, qisqa va aniq javobga to‘xtalish mumkin:
"Mening ismim Yozua, Joshua deb ham aytishingiz mumkin, lekin Yoshua emas, chunki bu xato"-degan edi, joriy mavsum, Bundesliganing 12 uchrashuvida 2 gol va 9 assist qayd etgan Kimmix, Chempionlar Ligasining o‘tgan mavsumfagi eng yaxshi o‘yinchilarini taqdirlash marosimida.
Freddi Lyungberg(Frederik Ljunberg)
Freddi Lyungberg- unchalik mashhur bo‘lmasada, Shvesiyaning afsonaviy futbolchilaridan biri. Lyungberg ikki marta o‘z mamlakatida yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Shu bilan birga, bir necha yil davomida terma jamoaning sardori sifatida to‘p tepgan. Futbolchilik faoliyatidan so‘ng o‘zini murabbiy sifatida sinab ko‘rishni boshlagan. U uzoq vaqt mobaynida Londonning "Arsenal" klubida ishladi, 2017 yilda esa Germaniyaning "Volfsburg" klubi bosh murabbiyining yordamchisiga aylandi. Bir necha yildan so‘ng u yana "kanonirlar" safiga qaytib kelib, u yerda Unai Emerining yordamchisi bo‘lib ishladi. Turkiyalik mutaxassis ishdan bo‘shatilgandan so‘ng esa mavsum oxirigacha jamoaning bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. O‘z navbatida ushbu qahramonimizning ismi-sharifi yuzasidan ham ba’zi savollar bor edi, masalan: Freddi ismini qanday talaffuz qilish kerak? Muxlislar orasida va ommaviy axborot vositalarida ikkita variantni uchratish mumkin edi: Lyungberg va Yungberg. Bu yerda maqbul variant Lyungbergdir. Gap shundaki, talaffuz jarayonida "Lj" tovushi o‘qilmaydi.
Yoxan Kroyf(Johan Cruyff)
Niderlandiya terma jamoasi afsonasi, "Barselona" bilan 1 martadan UYEFA chempionlar ligasi va superkubogi g‘olibi(1991/92, 1992/93) hamda 4 karra(1990/91 dan 1993/94 gacha) Ispaniya chempioni Yoxan Kroyf ham ushbu ro‘yhatdan o‘rin olgan. Asli niderlandchadan “Johan Cruijff“ shaklidagi familiya bizning Yohan Kryoif shaklidagi talaffuzimizga mos keladi. Ammo, biz mukammal talaffuz haqida gapiradigan bo‘lsak, “Kroyf" variantiga ham ruxsat beriladi. Ushbu familiyaning eski versiyasi ya’ni Kruiff 80-90-yillarda ishlatilgan bo‘lib, o‘sha paytda hech kim niderlandiyalik familiyalarni qanday talaffuz qilishni bilmas edi, shuning uchun muxlislar “yozilganidek o‘qish“ tamoyiliga amal qilishgan.
Erling Holland(Erling Braut Halland)
Holand qisqa vaqt ichida futbol dunyosining yorqin yulduzlaridan biriga aylandi. Hammasi uning Norvegiya yoshlar terma jamoasining Gondurasga qarshi o‘yinidan boshlangan. Yosh iqtidor egasi o‘sha uchrashuvda, bir emas, ikki emas, naq to‘qqizta gol urgan.
2017 yilning qishida "Molde"dan "Zalsburg"ga ko‘chib o‘tgan hujumchi 27 o‘yinda 29 gol uirishga muvaffaq bo‘ladi. Keyinchalik, "Zalsburg" bilan Chempionlar Ligasida porlagan yulduz ko‘pchilikning nishoniga aylanadi va uning o‘zi 2020 yilning yanvar oyida 20 million yevro evaziga, Borussiyaning "Dortmund" jamoasiga o‘tishga qaror qiladi. Hozircha, u dortmundliklar bilan o‘tkazgan 37 uchrashuvida 37 gol va 6 golga assisitentlik qilishga muvaffaq bo‘ladi. Chakki emas. Shunday qilib, Norvegiyalik tanilib boravergach, futbol jamoatchiligida savollar paydo bo‘ldi: Xolann? Xoland? Haaland? Xo‘sh qaysi biri eng to‘g‘ri? Yakunda esa, to‘xtamni futbolchining o‘zi berdi: “Agar siz Norvegiyadan bo‘lmasangiz, meni Erling Braut Xaaland deb atashingiz mumkin. Agar Norvegiyadan bo‘lsangiz, unda Erling Brot Xolland“.
Ole-Gunnar Sulsher(Ole Gunnar Solskjaer)
Muxlislar Ole Gunnar Sulsherni Norvegiya va "MYU"dagi yorqin futbolchilik faoliyati bilan yaxshi bilishadi. Hozirda, uch yildan buyon mutaxassis, "qizil iblislar"ning murabbiylik postida ishlab kelmoqda. Uzoq yillik faoliyati bilan bir qatorda uning familiyasi ham ancha "mashxurlikka" erishgan deyish ham mumkin. Boisiki, norvegiyalik murabbiy familiyasining talaffuzi hali ham ommaviy axborot vositalari va muxlislar orasida juda ko‘p munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Solskyayermi yo Sulsher? To‘g‘ri javob esa, siz va biz ko‘p uchratadigan va qo‘llaydiganimiz – Ole-Gunnar Sulsher hisoblanadi. Uning o‘zi ham bu haqida: Ismni aytishda ohangini darxol talaffuz qilish kerak"-deydi.
Dadajon Foziljonov tayyorladi