Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

"Qizilqum" Antaliyadagi nazorat o‘yinida g‘alaba qozondi

"Qizilqum" Antaliyadagi nazorat o‘yinida g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Turkiyaning Antaliya shahrida yangi mavsumga hozirlik ko‘rayotgan “Qizilqum” futbolchilari 31 yanvar kuni yig‘in doirasidagi ikkinchi nazorat uchrashuvini Bosniyava Gersogovinaning “Boras” klubi bilan kuch sinashdi.

Raqibimiz “Boras” klubi salkam bir asrlik tarixga ega bo‘lib, o‘tgan yili mamlakatining yuqori divizonida 4-pog‘onani egallagan. 2010 yili Bosniya kubogi ,2011 yil jamoa mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan. Uch marta bronza medallariga egalik qilgan...

Keskin kechgan bellashuvning 63-daqiqasida jamoamiz tomonidan uyushtirilgan ajoyib kombinasiya gol bilan yakunlandi. Sherali Jo‘rayev o‘ng qanotda raqib himoyachisini ustalik bilan aldab o‘tib, to‘pni jarima maydonchasida qulay vaziyatda turgan gruziyalik hujumchimiz Mate Vasadzega uzatdi. Tajribali legioner bu vaziyatda raqib posbonini dog‘da qoldirishning uddasidan chiqdi- 1:0.

Bu gol uchrashuvda yagonaligini saqlab qoldi va “Qizilqum”ga Turkiya yig‘ini davomidagi ilk g‘alabani taqdim etdi.

Mazkur bellashuvni jamoamiz quyidagi tarkibda o‘tkazdi: Ignatiy Nesterov, Erkin Baydullayev, Muhsin Ubaydullayev, Salim Mustafayev, Sherali Jo‘rayev, Oleg Tolmasov, Behruz Sa’dilloyev, Elguja Grigalashvili, Giorgi Kuxianidze, Oybek Qilichev.

Futbolchilarimiz Turkiya yig‘ini doirasida uchinchi nazorat uchrashuvini 2 fevral kuni Ukrainaning “Obolon” klubi bilan o‘tkazadi.

Manba: “Қизилқум” ПФК матбуот хизмати
Kiritildi: 01:22, 01.02.2021.
O'qildi: 2416 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик