Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

«Hokim kubogi-2021». «Bunyodkor» finalga chiqdi

«Hokim kubogi-2021». «Bunyodkor» finalga chiqdi

Baho:
+ | -

«Hokim Kubogi»da yarim final uchrashuvlari o‘tkazildi.

Final yo‘llanmasi uchun mezbonlarga qarshi maydonga tushgan "Bunyodkor" qiziqarli, hujumkor ruhda o‘tgan bellashuvda ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritdi. Har ikkala jamoa ham hujumkor o‘yin namoyish qildi. Navbati bilan xavfli hujumlar uyushtirishdi. Ikkala jamoa tomonidan urilgan bittadan gol o‘yindan tashqari holat sababli inobatga olinmadi.

Lekin "qaldirg‘ochlar" e’tirozlarga sabab bo‘lmaydigan ikkita gol bilan o‘yin taqdirini hal etishdi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida To‘xtasinov-To‘rayev-Qahramonov-Erkinovning kombinasiyasidan keyin Shamsiddinov o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. Jamoalar tanaffusga shu hisobda chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo‘lim ham birinchisi kabi boshlandi. Darvozalar oldida navbatma-navbat hujumlar tashkil qilindi. Faqat bu futbolchilarimiz mezbonlar darvozasini ikkinchi marta ishg‘ol etishigacha davom etdi. 67-daqiqada 25 metrlardan «Neftchi» darvozasi tomon jarima zarbasi belgilandi. Zarbani Qahramonov to‘ppa-to‘g‘ri darvozaga yo‘lladi. Akbar To‘rayev to‘pni mushtlari bilan urib yubordi. Qaytgan to‘pni Odiljon Abdurahmonov darvozaga joyladi. Bu gol o‘yin taqdirini hal qilish bilan birga «Neftchi» futbolchilarining shashtini ham pasaytirdi. Yakunda uchrashuvdagi so‘nggi gol bo‘lib chiqdi.

«Hokim Kubogi-2021»
«NEFTCHI» - «BUNYODKOR» - 0:2 (0:1)
1 fevral. Farg‘ona. «Neftchi» sport majmuasi o‘yingohi. 
Bosh hakam
: G‘ayrat Jo‘rayev.
Qanot hakamlari: Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin.
Zaxiradagi hakam: Shohruh A’zamov.
Nazoratchi: Sulton Zaylobiddinov.
«Neftchi»: Akbar To‘rayev, Shodiyor Hojimatov, Shavkat Mullajonov (Darko Stanoyevich, 46), Tohir Shamsiddinov, Saydulla Rahmatov, Xudoyshukur Sattorov, Sherzod Karimov (Umar Adhamzoda, 71), Abdul Aziz Yusupov (Nemanya Obradovich, 46), Abdulloh Olimov, A’zam Aliyev, Otabek Zokirov.
«Bunyodkor»: Ravshan Yagudin, Islom To‘xtaxo‘jayev, Muhammadodil Qahramonov, Abdulla Abdullayev, Sanjar Rashidov (Ibrohim Ibragimov, 85), Sunnatilla Abdullajonov, Lutfulla To‘rayev, Odiljon Abdurahmonov (Valeriy Akopov, 86), Ibrohim Tomiva (Xurshid G‘iyosov, 62), Shahboz Erkinov (Mirjahon Mirahmadov, 58), Nurillo To‘xtasinov (Rasul Yo‘ldoshev, 85).
Gollar: Tohir Shamsiddinov, 44-o‘z darvozasiga - 0:1. Odiljon Abdurahmonov, 67 - 0:2.
Ogohlantirish: Sanjar Rashidov, 55.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 18:05, 01.02.2021.
O'qildi: 2158 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.