«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman «PSJ» futbolchsii Anxel Di Mariyaga nisbatan salbiy munosabatda.
«Di Mariya futbol etikasini ko‘p bora buzmoqda. U Messi haqida juda ko‘p gapiryapti. Bu Leoga YECHL oldidan salbiy ta’sir ko‘rsatishi ham mumkin.
Messi hozir "Barsa"da. Shuning uchun Di Mariyaning Messi haqida gapirishga haqqi yo‘q», - deydi Kuman.
Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha kun avval argentinalik Di Mariya o‘z vatandoshini Fransiyaga chorlagan edi. «PSJ»ning YECHL pley-offidagi ilk raqibi ham aynan «Barselona» bo‘ladi.