Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al 1-2 Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya 1-1 Torino
19/09 18:00 Udineze 0-1 Kalyari
19/09 19:00 Brayton 3-0 Arsenal
19/09 19:00 Everton 1-0 Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl 2-1 Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao 0-0 Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor 2-1 Buxoro
19/09 21:00 Roma 2-2 Inter
19/09 21:30 Selta 5-0 Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest 0-1 Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya 0-2 Lasio
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron 0-0 Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina 1-1 Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe 1-0 Malaga
20/09 17:15 Andijon 1-4 Nasaf
20/09 18:00 Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone 2-0 Komo
20/09 18:00 Parma 2-1 Jenoa
20/09 18:00 Bornmut 0-1 Liverpul
20/09 18:00 Lids 0-0 Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti 5-3 Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona 1-2 OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv 0-1 Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum

«Bunyodkor» – «Hokim kubogi-2021» sohibi!

«Bunyodkor» – «Hokim kubogi-2021» sohibi!

Baho:
+ | -

23 yanvar kuni Farg‘onada start olgan an’anaviy “Hokim kubogi - 2021” xalqaro musobaqasi poyoniga yetdi.

Kecha turnir sovrindorlari nomi ma’lum bo‘ldi. Musobaqaning uchinchi o‘rin uchun bo‘lgan o‘yinida Qo‘qonning “Qo‘qon - 1912” jamoasi Farg‘onaning “Neftchi”siga qarshi maydonga tushib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarga Shohnazar Norbekov (35–daq.) va Iqbol Malikjonov (52-daq.) mualliflik qilishdi.  

Final bahsida esa Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi Farg‘onaning “Istiqlol” jamoasi bilan kuch sinashdi. Mazkur o‘yinda poytaxtliklar yirik – 4:1 hisobida zafar quchishdi. “Qaldirg‘ochlar”ning gollariga Lutfulla To‘rayev (20, 68-daq.), Farrux Ikromov (81-daq.) hamda Rasul Yo‘ldoshev (90-daq.), farg‘onaliklarning yagona goliga esa Sardor Sotvoldiyev (48-daq.) mualliflik qilishdi.      

Final uchrashuvi yakunlanganidan so‘ng, musobaqa g‘oliblari taqdirlanishdi. Jumladan, turnir g‘olibi “Bunyodkor” jamoasiga oltin medal, 50 million so‘mlik sertifikat va bosh sovrin tantanali tarzda topshirildi. Shuningdek, sovrindorlar - “Istiqlol”, “Qo‘qon-1912” jamoalari futbolchilariga kumush hamda bronza medallari topshirildi.

Bundan tashqari, turnirning eng yaxshilari aniqlandi. Jumladan:

“Eng yaxshi darvozabon” - Farrux Turdialiyev (“Istiqlol”),
“Eng yaxshi hujumchi” - Shohnazar Norbekov (“Qo‘qon-1912”),
”Eng yaxshi murabbiy” - Ilhom Mo‘minjonov (“Neftchi”),
“Eng yaxshi o‘yinchi” - Anvar Hojimirzayev (“Istiqlol”) esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 10:10, 04.02.2021.
O'qildi: 2308 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик