Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

«Inter» «Fiorentina»ni mag‘lub etib, A Seriya peshqadamiga aylandi (videosharh)

«Inter» «Fiorentina»ni mag‘lub etib, A Seriya peshqadamiga aylandi (videosharh)

Baho:
+ | -

Italiya A Seriyasining 21 turi doirasida «Fiorentina» «Inter»ni qabul qildi. Florensiyadagi «Artemio Franki» stadionida bo‘lib o‘tgan bahs mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Dastlab, Aleksis Sanchesning uzatmasidan so‘ng, milanliklar a’zosi Nikolo Barella 25 metrlardan o‘ng oyog‘i bilan, to‘pni pastki o‘ng burchakka yo‘llab, hisobni ochdi.

Keyinchalik, 52-daqiqada «Inter» Ivan Perishichning sa’y-harakatlari evaziga hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. Ashraf Hakimiyning raqiblaridan osonlikcha qochib ketib, jarima maydonchasi tomon uzatgan uzatmasini xorvatiyalik hujumchi golga aylantirdi.

Shu tariqa, «Inter» 47 ochko to‘plab, A Seriyada birinchi pog‘onaga ko‘tarildi. 22 ochko jamg‘argan «Fiorentina» esa 12-o‘rinda bormoqda.

Italiya A seriyasi, 21-tur
Fiorentina – Inter 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 31 Barella, 0:2 – 52 Perishich.
Fiorentina – Drongovski, Venuti (Malkyui, 73), Martines, Pesselya, Igor Julio, Biragi (Barreka, 82), Bonaventura, Amrabat, Esserik (Pulgar, 74), Vlaxovich (Kokorin, 74), Valero (Kuame, 46).
Inter – Xandanovich, Shkrinyar, de Vrey, Bastoni, Xakimi, Barella, Brozovich, Vidal (Galyardini, 46), Perishich (Darmian, 80), Lukaku (Pinamonti, 89), Sanches (Martines, 62).
Ogohlantirishlar: Perishich (42), Amrabat (60), Martines (75), Pulgar (81).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:56, 06.02.2021.
O'qildi: 2765 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик