Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

Elnur Abduraimovning navbatdagi raqibi va jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Elnur Abduraimovning navbatdagi raqibi va jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Professional boksning yengil vazn (-61,2 kg) toifasida harakat qilib kelayotgan o‘zbekistonlik Elnur Abduraimov (6-0, 6 KO) navbatdagi jang sanasi va raqibini nomini bilib oldi.

Abduraimov o‘zining navbatdagi jangini 13 fevral kuni AQSHning Indio shahrida o‘tkazadi. Elnurga kolumbiyalik 39 yoshli bokschi Deyvi Xulio (21-9, 13 KO) raqiblik qiladi.

Ma’lumot uchun, mazkur boks oqshomida yana bir o‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev (6-0, 5 KO) mahalliy bokschi Morgan Fitchga (19-4-1, 8 KO) qarshi jang qiladi.

Abduraimov oxirni jangini 2020 yilning 13 dekabrida o‘tkazgan va unda meksikalik 22 yoshli bokschi Abraham Olivani (4-1, 3 KO) birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.

Kaliforniya shtati, Indio shahridagi Fantasy Springs Resort Casino majmuasida tashkil etiladigan boks oqshomining asosiy jangi ikkinchi yarim yengil vazn toifasi (-58,9 kg) vakillari Jozef Dias (31-1, 15 KO) hamda asli tojikistonlik Shavkat Rahimov (15-0, 12 KO) o‘rtasida kechadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:00, 08.02.2021.
O'qildi: 2537 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик