Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati. Eng ko‘p qaysi qit’a vakillari chempion bo‘lganligini bilasizmi?

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati. Eng ko‘p qaysi qit’a vakillari chempion bo‘lganligini bilasizmi?

Baho:
+-1 | -1
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati har yili o‘z qit’asi chempionlari va bir mezbon jamoa ishtirokida bo‘lib o‘tadi. Turnirda qaysi qit’a vakillari yoki qaysi davlat klublari ko‘proq sovrin yutgan? Hozir, mana shu savolga javob olamiz!

Ushbu chempionat hozirgi vaqtgacha 16 bor o‘tkazilgan. Ushbu musobaqani qabul qilish bo‘yicha rekord Yaponiyaga tegishli, 8ta. BAA 4 marotaba mezbonlik qilgan bo‘lsa, Marokashda 2 marta o‘tkazilgan. Shuningdek, bu baxtga Braziliya va Qatar davlatlari 1 bor muyassar bo‘lgan. Eslatib o‘tamiz, ayni damda Qatarda ushbu turnir ikkinchi bor o‘tkazilmoqda.

Chempionatda eng ko‘p Evropa klublari g‘alaba qozongan. Ular 12 bor turnirda zafar quchgan bo‘lsa, Janubiy Amerika qit’asi vakillari 4 bor ushbu turnir kubogini boshlari uzra baland ko‘targan. Qolgan qit’a vakillari esa hozircha chempionlikni nishonlamagan.

Chempionlik borasida Ispaniya klublari yaqqol peshqadam. Ispan klublari 7 bora bu sovrinni qo‘lga kiritgan. Braziliya vakillari 4 marta ushbu turnirda zafar quchgan bo‘lsa, Angliya va Italiya jamoalari 2 martadan ushbu sovringa egalik qilgan. Germaniyadan ushbu turnirda yagona chempion "Bavariya" hisoblanadi. Myunxeliklar bugun navbatdagi finalda maydonga tushishadi.

Kumush medallar borasida Konmebol jamoalari yaqqol peshqadam. Ular 9 marotaba finallarda mag‘lub bo‘lgan. Ko‘hna qit’a jamoalari esa 3 marta kumush medalni qo‘lga kiritgan. Konkakaf va Osiyo jamoalari 2 bor finalga yetib kelib, mag‘lub bo‘lgan.

Osiyo jamoalari bronza medallar masalasida yetakchi hisoblanadi. Ular 6 marotaba 3-o‘rinni band qilgan. Konkakaf jamoalari 5 marta bronza medalni qo‘lga kiritgan. Konmebol esa 3 bor 3-o‘ringa loyiq ko‘rilgan. Faqat bir bora Okeaniya jamoasi bronza medalni qo‘lga kiritgan.

Mana shu natijalar ham aslida qaysi qit’ada klublar futboli qay darajada ekanligini ko‘rsatib beradi. Shunday ekan, klublar futboli bo‘yicha natijalarga qarab reyting tuzadigan bo‘lsak, quyidagicha tartibda joylashtirsak bo‘ladi.

1.Evropa

2.Konkakaf

3.Osiyo

4. Konkakaf

5. Okeaniya

6. Afrika

Xudayqulov KARIM

Kiritildi: 14:55, 11.02.2021.
O'qildi: 6888 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.