Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko

Sergey Kucherenko: «Nasaf» bo‘lgan, bor va bundan keyin ham bo‘ladi»

Sergey Kucherenko: «Nasaf» bo‘lgan, bor va bundan keyin ham bo‘ladi»

Baho:
+ | -

«Nasaf» bosh direktori Sergey Kucherenko klubining keyingi faoliyati haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«O‘tgan chiqishimizda jamoamizda bo‘layotgan o‘zgarishlar, qanday vaziyat va klub qanday hayot kechirayotgani haqida futbol ixlosmandlari, jamoamiz sodiq muxlislarini boxabar qilishga va’da bergan edim.

Rahbariyat tomonidan, Qashqadaryo viloyat hokimi, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda “O‘zbekneftegaz” bilan birga katta ishlar amalga oshirildi. 9 fevral kuni Toshkentda “O‘zbekneftegaz” raisi Mehriddin Razzoqovich Abdullayev boshchiligida tashkilot homiyligi ostidagi klublar rahbariyati va murabbiylari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Shu o‘rinda “O‘zbekneftegaz” rahbariyatiga bizga ajratgan e’tiboriga, qo‘llab-quvvatlashlariga hamda moliyaviy tarafdan yordam berayotganliklari uchun butun «Nasaf» futbol klubi tomonidan o‘z tashakkurimni izhor etaman.

Hozirgi kunda klubdagi moliyaviy holat stabillashmoqda. Klubimiz o‘tgan mavsumdagi oylik maoshlari masalasini hal qildi. Xabaringiz bor, bosh jamoamiz ham allaqachon yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda, sakkiz nafar jamoamiz a’zolari terma jamoalar yig‘inida ishtirok etmoqda. Ular 18 fevral kuni jamoamizga kelib qo‘shilishadi. Shundan so‘ng jamoamiz yangi mavsumga tayyorgarlikni poytaxtda davom ettiradi. Toshkentda uchta nazorat uchrashuvini o‘tkazish rejalashtirilgan. Toshkentdagi o‘quv mashg‘ulot yig‘ini yakunlangandan so‘ng, O‘zbekiston Superkubogi uchun bo‘lib o‘tadigan bahsdan oldin 1 mart kuni Qarshida ham nazorat uchrashuvi tashkil qilinadi.

Bundan tashqari o‘rinbosarlarimiz hamda «Nasaf» U-18 jamoalari ham yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Futbol maktabimizda ham ish qaytadan yo‘lga qo‘yildi va parallel ravishda seleksiya ishlari ham olib borilmoqda.

Jamoamizning sodiq muxlislariga shuni aytmoqchimanki «Nasaf» bo‘lgan, bor va bundan keyin ham bo‘ladi. Barchangizga rahmat», — deb o‘z fikrini yakunladi Sergey Kucherenko.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 17:46, 11.02.2021.
O'qildi: 4205 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик