Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/08 00:30 Elche 0-5 Barselona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 1-1 Buxoro
24/08 22:30 Osasuna 0-0 Levante
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo
25/08 19:00 Surxon 0-0 OKMK
25/08 19:00 Andijon 1-0 Xorazm
25/08 20:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
26/08 00:00 Valensiya - Betis
26/08 19:00 Lokomotiv - Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al - Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum - Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid - Real Sosyedad

Pochettino: «Neymar «Barselona»ga qarshi o‘ynashni juda ham istagandi»

Pochettino: «Neymar «Barselona»ga qarshi o‘ynashni juda ham istagandi»

Baho:
+ | -

"Pari Sen-Jermen" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoa hujumchisi Neymarning jarohati borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Tiklanish jarayonida Neymarni Braziliyaga borib kelish uchun ruxsat so‘raydimi yoki yo‘qmi, bilmayman. Barchasi shifokorlarning xulosasiga bog‘liq. Ba’zida o‘yinchilar tezroq safga qaytishlari uchun ularning sharoitni o‘zgartirishiga imkon beriladi. Tiklanish jarayoni muvaffaqiyatli bo‘lishiga hamisha umid bor.

Umid qilaman, Neymar javob bahsiga qadar safga qaytadi. Uning ishga bo‘lgan munosabati va motivasiyasi yaxshi taassurot qoldirmoqda. U "Barselona"ga qarshi o‘yinni intizorlik bilan kutayotgandi. Maydonga tusha olmayotganidan afsusda. Neymar mana shunday o‘yinlar uchun yaratilgan. Shu bois, bu uning uchun zarba bo‘ldi. Neymar va Di Mariyaning yo‘qligi — biz uchun katta yo‘qotish. Ammo biz vaziyatga moslashishimiz kerak. Men optimistman. Bu esa jamoa uchun sinov", — dedi Pochettino.

"Barselona" va "PSJ" jamoalari o‘rtasidagi dastlabki o‘yin 16 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Manba: ua-football.com
Kiritildi: 20:55, 12.02.2021.
O'qildi: 3283 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик