Milanning «Inter» klubida sardorlik bog‘ichini qabul qilib oluvchi futbolchi o‘zgarishi mumkin.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, yarimhimoyachi Nikolo Barella keyinchalik ushbu vazifani bajarishi kutilyapti. U buning uchun hozirgi «kapitan» Samir Handanovich jamoani tark etishini kutishiga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, «neradzurrilar» Nikologa 2024 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma ham taklif qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Barella joriy mavsum 31 o‘yinda 3 gol va 10 assistni qayd etdi.