Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al 0-2 Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Rasman. Jasur Yaxshiboyev «Legiya» bilan shartnoma imzoladi

Rasman. Jasur Yaxshiboyev «Legiya» bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik 23 yoshli hujumkor yarim himoyachi Jasur Yaxshiboyev Polshaning «Legiya» klubiga o‘tdi.

Varshava jamoasi Yaxshiboyev bilan 2023 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma tuzdi. Shartnomada uni uzaytirish mumkinligi haqida band ham bor. Jasur yangi jamoasi safida 7-raqamda to‘p suradi.

Yaxshiboyev 2020 yilgi mavsumni Belarusning «Energetik-BGU» jamoasida boshladi. Minskliklar safidagi bir davrada 14 o‘yin o‘tkazib, 9 gol va uchta golli uzatma amalga oshirgan Jasur yozda «Shaxtyor» safiga borib qo‘shildi. Mavsum yakunida Yaxshiboyev soligorskliklar safida Belarus chempioniga aylandi.

Qayd etish joiz, «Legiya» jamoasi Polsha chempionatining 2020/21 yilgi mavsumida 16 ta o‘yinda 32 ochko to‘plab, turnir jadvalida 2-o‘rinni band qilgan. Jamoa peshqadamdan 2 ochkoga ortda qolmoqda.

«Legiya»ning so‘nggi o‘yini shu yilning 6 fevralida «Rakuv»ga qarshi bo‘lib o‘tdi. Unda Yaxshiboyevning yangi klubi 2:0 hisobida g‘alaba qozongan. Oldinda yana 14 ta tur bor.

Ma’lumot uchun, «Legiya» klubi 1916 yil mart oyida tashkil etilgan. O‘z uyidagi o‘yinlarni «Voyska Polskogo» stadionida o‘tkazadi. Mazkur stadion 31 800 tomoshabinga mo‘ljallangan. Varshava klubi 14 marta mamlakat chempionligini, 19 marta mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari 4 bor Polsha Superkubogiga ega chiqqan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:42, 13.02.2021.
O'qildi: 5024 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик