Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Atletik Bilbao 2-2 Osasuna
12/05 15:30 Lasio 2-0 Empoli
12/05 17:00 Kadis 1-0 Xetafe
12/05 18:00 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/05 18:00 Verona 1-2 Torino
12/05 19:00 Neftchi 2-2 Andijon
12/05 19:00 So‘g‘diyona 1-2 Navbahor
12/05 19:15 Atletiko 1-0 Selta
12/05 20:30 Man. Yunayted 0-1 Arsenal
12/05 21:00 Yuventus 1-1 Salernitana
12/05 21:30 Valensiya 0-0 Rayo Valyekano
12/05 23:45 Atalanta 2-1 Roma
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 21:30 Lechche - Udineze
13/05 23:45 Fiorentina - Monsa
14/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
14/05 00:00 Barselona - Real Sosyedad
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti

Ferlan Mendi «Real»ning muvaffaqiyatli xaridi(mi?)

Ferlan Mendi «Real»ning muvaffaqiyatli xaridi(mi?)

Baho:
+ | -

2019-yilning yozida Madridning "Real" jamoasi kutilmagan transferni amalga oshirdi. Fransiyaning "Lion" klubidan Ferlan Mendi ismli futbolchini xarid qilinishini, ko‘pchilik "Real" muxlislar uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi.



Zidanning so‘ngi yillarda amalga oshirayotgan transferlarining ko‘pchiligi omadsiz chiqayotgani va Mendi ham shular qatoridan joy olishi haqidagi mish-mishlar ko‘payib boraverdi. Yakunda esa fransuz himoyachisi Zinedin Zidan jamoasining asosiy o‘yinchilaridan biriga aylanishini hech kim kutmagan edi. "Real Mardid"ning oxirgi 5-6 yil davomida amalga oshirgan transferlari orasidan, Eden Azar singari yulduzlar ham, Martin Edegor singari yosh futbolchilar ham bir yarim mavsum davomida o‘ynab, Ferlan Mendiga qaraganda maydonda kam harakat qilgan, faqatgina Toni Krossdan tashqari.

Agar so‘nggi bir necha yil ichida Madridning barcha sotib olgan o‘yinchilariga e’tibor bersangiz, Toni Kroosgina, Mendi transferi amalga oshishidan oldin faqat asosiy tarkibda maydonga tushishga muvaffaq bo‘lgan (darvozabonlar Keylor Navas va Tibo Kurtua bundan mustasno). Nemis yarim himoyachisi "Qirollik klubi" ga 2014/15 yillarda qo‘shilgan. Kross bilan bir qatorda Xames Rodrigez, Chicharito , Lukas Silva va Keylor Navas kabi futbolchilar ham o‘sha yili jamoaga qo‘shilishdi. Bir yil o‘tib, jamoaga Mateo Kovachich, Danilo, Kiko Kasilya, Lukas Vaskes va Xesus Valexo singari o‘yinchilar ham jalb etildi. Bu ro‘yxat quyidagicha davom etadi:

2016/17 yilgi mavsumda — Markos Lyorente, Borxa Mayoral, Mariano Dias, Martin Edegor va Alvaro Morata.

2017/18 yillarda — Teo Ernandes, Dani Sebalyos va Ashraf Hakimiy, Braim Dias, Alvaro Odriosola, Vinisius, Tibo Kurtua.

2018/19 yillarda — Rodrigo, Eder Militao, Luka Yovich va Eden Azar.

2019/20 yilgi mavsumda madridliklar faqat Martin Edegorni ijaradan qaytarishdi.



Ushbu futbolchilarning hammasi "Real"ga qo‘shilganidan so‘ng, bir yarim mavsum davomida harakat qilgan daqiqalari, Mendi harakat qilgan vaqtdan ko‘ra kamroq hisoblanadi. Xames Rodriges "Real" safida o‘tkazgan birinchi mavsumi ancha omadli chiqqan edi, ammo ikkinchi mavsumda mushak jarohati bilan bog‘liq muammo sabab maydondagi o‘rnini yo‘qotib qo‘ydi. Madridliklar sotib olgan 26 futbolchidan Lukas Vaskes, Mariano Dias, Alvaro Odriosola, Vinisius, Rodrigo, Eder Militao va Eden Azar o‘ynashni davom ettirmoqdalar, ammo ularning birortasi, "Xetafe"ga qarshi o‘yinda gol urgan Ferlan Mendi singari asosiy tarkibdan muqim joy egallamagan.

Mendi madridliklar himoyasining chap qanotida o‘ynaydi. Ba’zan, Zidan uni o‘ng qanot himoyasiga, "Xetafe"ga qarshi o‘yinda esa Varan va Nacho bilan birga uchinchi markaziy himoyachi pozisiyasida o‘ynatgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, Ferlan himoyaning istalgan hududida erkin harakat qila oladi.

"Lion"ning sobiq futbolchisi, himoyada mustahkam o‘ynashdan tashqari, Madrid jamoasining hujumkor o‘yiniga ham katta ta’sir ko‘rsatmoqda, u jamoaning eng ko‘p dribling amalga oshirgan futbolchilari reytingida ham birinchi o‘rindan joy olgan. Mendi boshlab bergan hujumlarning aksariyati gol bilan yakunlangan. U o‘rtacha bir o‘yinda ikkitadan ko‘p dribling amalga oshiradi.

Hammasi bo‘lib Ferlan 81 marta dribling amalga oshirgan bo‘lib, shulardan 53 tasi muvaffaqiyatli yakunlangan. Luka Modrich 66 marta urinishdan 49 tasini, Vinisius esa 93 ta urinishdan 40 tasini aniq amalga oshirib, keyingi o‘rinlardan joy olgan.



Mendi "Real" safida Chempionlar Ligasining barcha o‘yinlarini to‘liq o‘tkazdi, La Liganing atigi to‘rtta o‘yinida almashtirildi. Madridga kelganidan beri 4520 daqiqa davomida maydonda harakat qilgan. "Qaymoqranglilar" futbolchi uchun "Lion"ga 48 million yevro to‘lab berishdi. "Real" tarkibidagi eng qimmat futbolchilar reytingida 7-o‘rindan joy olgan. Hozirgacha Madrid jamoasi safida 43 marta maydonga tushib, o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga ham ulgurgan.

Mendi Zidanning ushbu mavsumda eng ko‘p maydonga tushgan o‘yinchilari orasida oltinchi o‘rinda bo‘lib, undan faqat Kurtua, Varan, Benzema, Modrich va Kazemiro kabi futbolchilar ko‘proq vaqt davomida harakat qilgan. Marseloni jarohat olgani, hamda uni yaqin 3 hafta davomida maydonga tushmasligini hisobga olsak, bu raqamlar o‘sib boraveradi.

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:19, 15.02.2021.
O'qildi: 3776 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.