Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Baxtiyor Ashurmatov: «Biz o‘tgan yildagidek jangovor o‘yin ko‘rsatamiz»

Baxtiyor Ashurmatov: «Biz o‘tgan yildagidek jangovor o‘yin ko‘rsatamiz»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston U22 jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng “Qo‘qon-1912” jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov “Sport TV” muxbiriga intervyu berdi.

"O‘tgan mavsumda jamoamiz yomon ishtirok etmadi. Lekin mavsum so‘nggidagi jarohatlar, zaxira o‘rindig‘imizning torligi bizni sovrinli o‘rinlardan birini egallashimizga to‘sqinlik qildi. O‘ylaymanki, biz bu yil ham raqobatbardosh jamoa tuza olamiz. Bu yo‘lda izlanyapmiz. Jamoamizni nisbatan yoshartirishga harakat qilyapmiz.

Bugungi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga qarshi o‘yin biz uchun juda ham foydali bo‘ldi. Ko‘plab yosh futbolchilarni yana bir bor ko‘rikdan o‘tkazib oldik. O‘rinbosarlar tarkibidan kelgan yoshlarimiz va jamoamizga yangi taklif qilingan yosh futbolchilar bugungi o‘yinlari bilan murabbiylar shtabida iliq taassurot qoldirishdi. Sardor Yetovqo‘ziyev, Jamshid Rahmatullayev, Ilhom Vahobov kabi futbolchilar o‘yindan-o‘yinga jamoamizga moslashib borishmoqda. O‘yinning ikkinchi bo‘limida baribir yosh futbolchilarimizda biroz tajriba kamligi bilinib qoldi va biz gol o‘tkazib yubordik.

Jamoamiz tarkibiga kuchli futbolchilar qo‘shilishda davom etmoqda. Yarim himoyachilar Asadbek Sobirjonov va Yakuba Bamba safimizga kelib qo‘shildi. Bu futbolchilar o‘yinimizni kuchaytiradi deb o‘ylayman.

Hozir hamma jamoalar mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishyapti. Lekin meni ko‘proq o‘z jamoamning tayyorgarligi qiziqtiradi. Biz mavsumga yaxshi tayyor bo‘lishimiz, o‘tgan mavsumdagi natijamizdan kam bo‘lmagan natija uchun kurashishimiz lozim. Bu yo‘lda biz mehnat qilishdan to‘xtamaymiz. Muxlislarimizning esa jamoamizni qo‘llab-quvvatlab turishlari hamda jamomizga ishonishlari biz uchun juda muhim. Ular bizni qo‘llab turishsa biz albatta o‘tgan yildagidek jangovor futbol namoyish qilamiz. Shu o‘rinda barcha muxlislarimizga sog‘lik va ishlarida omad tilayman", — dedi Baxtiyor Ashurmatov.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 09:43, 16.02.2021.
O'qildi: 2558 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик